mc.yandex.ruyandex

Inha universiteti va «Hamkorbank» ATB memorandum imzoladi

09 / 01 / 2017

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) va “Hamkorbank” aktsiyadorlik tijorat banki o'zaro kelishuv to'g'risidagi memorandumni imzolashdi.


Memorandum doirasida tomonlar bir qancha yo'nalishlar bo'yicha o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yishni rejalashtirishmoqda. Shunday yo'nalishlardan biri Toshkent shahridagi Inha universitetining bankda amaliyot va suhbatdan o'tgan iqtidorli talabalari uchun grantlar dasturi bo'ladi.


Shu bilan birga, bank IUT talabalarining bank sohasi uchun axborot texnologiyalari va innovatsion loyihalarini ishlab chiqarishda va joriy etishdagi harakatlarini qo'llab-quvvatlash imkoniyatini o'rganib chiqadi.


IUT va “ Hamkorbank” ATB talabalarni bank sohasi uchun dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan qo'shma loyihani ishga tushirishni rejalashtirmoqdalar.


Tomonlar shuningdek, bank sohasida innovatsion echimlarni tatbiq etish bo'yicha hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish, mobil banking va internetni rivojlantirish, bank faoliyatida biznes-jarayonlarni optimallashtirish va boshqaruv echimi sifatlarini oshirish maqsadida biznes jarayonlar reinjiniringi (BPR) bo'yicha uslubiyotlarni joriy etish va BI-tizimlarni (Business Intelligence) tatbiq etish borasida ham hamkorlik qilishadi.


Ikki tashkilot o'rtasidagi hamkorlikning yana bir yo'nalishi sifatida bank sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini kompleks tatbiq etish va ulardan samarali foydalanish bo'yicha bank xodimlarini o'qitish va malakasini oshirish yo'nalishini ko'rsatish mumkin.


O'qitish dasturi mazkur sohadagi etakchi mutaxassis-amaliyotchilar orasidan tanlab olingan tajribali ma'ruzachi va murabbiylarni jalb etgan holda tashkillashtiriladi. O'quv dasturi, shuningdek, tizimli tahlil ko'nikmalarini, bank IT-loyihalarini tatbiq etish hamda axborot tizimlarini loyihalashtirishda muddat va resurs cheklovlarini inobatga olish malakasini shakllantirishga qaratilgan.





O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play