mc.yandex.ruyandex

Namangan shahrida “Tadbirkor ayollarning moliyaviy savodxonligini oshirishda banklarning o'rni” mavzusidagi seminar-trening

20 / 02 / 2015

 seminar-trening “Tadbirkor ayollarning moliyaviy savodxonligini oshirishda banklarning o'rni” Namangan sh.Namangan viloyat Kasaba uyushmalari Kengashi binosida “Tadbirkor ayollarning moliyaviy savodxonligini oshirishda banklarning o'rni” mavzusida seminar-trening o'tkazildi.


Chet el kapitali ishtirokidagi aktsiyadorlik tijorat banki «Hamkorbank», O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi hamda "Tadbirkor ayol" O'zbekiston ishbilarmon ayollar Assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirga Bank boshqaruvi, viloyat Xotin-qizlar qo'mitasi, soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari, bir qator davlat va nodavlat tashkilolari vakillari hamda o'z biznesini boshlash istagida bo'lgan 100 nafarga yaqin ayollar ishtirok etishdi.


Seminar-treningda ishtirokchilar uchun “Biznesni yuritishda yuridik jihatlar: Qonunchilik va imtiyozlar”, Soliq tizimida kichik biznes sub'ektlariga yaratilgan imtiyoz va preferentsiyalar” , “O'z biznesini yo'lga qo'yayotgan ayollarning Biznes rejasini tuzishning o'ziga xos xususiyatlari”, “Bank bilan munosabatlar: Bankda hisob raqam ochish, kredit olish uchun kerakli xujjatlar, kredit mahsulotlari” mavzularida taqdimotlar tashkil etilib, mutaxassislar qatnashchilarning mavjud savollariga batafsil javoblar berish bilan o'zaro fikr almashishdi.


Tadbir so'ngida, tashkilotchilar tomonidan bunday seminar-treninglar Respublikamizning barcha huddularida ham o'tkazilishi ta'kidlandi.


 


Bank Axborot xizmati

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play