mc.yandex.ruyandex

O'zbekiston tarixida birinchi marta Hamkorbank va IFC London fond birjasida obligatsiya joylashtirishdi

21 / 06 / 2018

2018 yil 20 iyun kuni obligatsiyalar bo’yicha amaliyotlar boshlanishini  bo'yicha rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Marosimda Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC) vitse-prezidenti Dzhingdong Hua, London fond birjasini  bosh ijrochi direktori Nihil Rati, Velikobritaniya  Tashqi Ishlar vazirligidagi London siti ishlari bo’yicha ma’sul vazir Djon Glen, xalqaro investorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.


O’zbekiston tomonidan Investitsiyalar bo'yicha davlat qo'mitasi va O'zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining ijrochi direktori Sh.Vafayev, O’zbekistoning Buyuk Britaniyadagi elchisi A. Shayhov va “Hamkorbank” ATB Boshqaruv raisi J.Xasanovlar ishtirok etdilar.


Eslatib o’tamiz, Jahon Banki tarkibiga kiruvchi Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC) va “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki, O'zbekistonda mikro va kichik biznesni kreditlashni kengaytirish maqsadida 80 milliard so'mlik, ya`ni – 10 million AQSh dollari ekvivalentidagi o'zining inauguratsion obligatsiyasini chiqardi. Bu xalqaro bozorlarda amalga oshirilgan O'zbekistondagi dastlabki bitimdir.


“Samarqand”, deb nomlangan obligatsiya London fond birjasiga joylashtirildi. Ikki yillik obligatsiya rivojlanayotgan bozorlar uchun mo'ljallangan aktivlarni boshqarish bo'yicha Yevropa fondlari bilan birga joylashtirildi, mazkur bitim tashkilotchisi sifatida ING Bank ishtirok etdi. 


Obligatsiyani realizatsiya qilishdan tushadigan daromadlar O'zbekistonda yetakchi banklardan biri bo'lgan «Hamkorbank» ATBni qo'llab-quvvatlashga yo'naltiriladi, bu esa bankni milliy valyutada uzoq muddatli moliyalashtirish salohiyatini oshiradi, natijada kichik biznes sub`yektlarini xorijiy valyutada qarz olish bilan bog'liq tavakkalchiliklarning oldini olishga imkoniyat beradi.


 Bu xalqaro bozorlarda amalga oshirilgan O'zbekistondagi dastlabki bitimdir.


Qisqacha foto xisobotni taqdim etamiz:


LSE_IFC_Hamkorbank_Uzbekistan



O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play