mc.yandex.ruyandex

O`zbek-Venger biznes-forumi

29 / 04 / 2015

Toshkent shahridagi Xalqaro biznes markazida 29-aprel kuni O‘zbekiston va Vengriya ishbilarmon doiralarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur forum Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri o`rinbosari  Laslo Saboning O`zbekistonga  tashrifi davomida o`tkazildi.


Anjumanda Vengriyaning qator yirik kompaniyalari rahbarlari va vakillari, jumladan Vengriya agrar palatasi va Eksimbank vakillari ishtirok etishdi.


Forumda vengriyalik ishbilarmonlarga O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati, aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yaratilayotgan sharoitlar, shuningdek farmasevtika, oziq-ovqat va elektrotexnika sanoati bo’yicha aniq loyihalar va taqdimotlar namoyish etildi.


Biznes-forum davomida Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri o`rinbosari  Laslo Sabo va «Hamkorbank» boshqaruvi rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etilib, mamlakatlarimizning bank tizimlari bilan hamkorligini rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.


Eslatib o`tamiz, «Hamkorbank» ATB 2012 yildan buyon Vengriyalik hamkorlar bilan aloqalarni yo`lga qo`ygan. Jumladan, Vengriyaning  Eksimbank kredit liniyasi ochilib, kichik biznes va tadbirkorlik subektlarini, xususan qishloq xo`jaligi, mashinasozlik, ta`lim, soqliqni saqlash, energetika va kimyo sanoatini kreditlashga qaratilgan.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play