mc.yandex.ruyandex

Rasmiy munosabat

10 / 01 / 2022Telegram ijtimoiy tarmog‘ining “Qo‘rqma” kanalida “Chetdan yuborilgan pullarni Hamkorbankdan olish uchun Uzсard va Visa kartalarini olish kerak emish” xabariga rasmiy munosabat.

“Hamkorbank” ATB “Золотая Корона” xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi bilan 2020 yil 1 choragida tizim bilan o‘zaro shartnoma qayta rasmiylashtirilgan hamda “Золотая Корона” tizimi orqali kelib tushgan mablag‘larni bank ofislar orqali naqd pul ko‘rinishda berishni to‘xtatgan (bu bo‘yicha bankning rasmiy veb saytida ma’lumot joylashtirilgan: https://hamkorbank.uz/uz/physical/money-transfer ). Lekin, pandemiya sharoitida mijozlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, bankning mobil ilovasi yordamida Hamkorbank plastik kartalariga mablag‘larni masofadan turib (bank ofislariga tashrif buyurmagan holda) qabul qilish imkoniyati joriy etilgan. Shuningdek, Hamkorbank Visa kartalariga kelib tushgan pul mablag‘larini bank kassalarida yechib olish “Bepul” qilib belgilangan.

Bank o‘z xizmatlarini ko‘rsatishda boshqa hizmatni majburan foydalanishga jalb etmaydi va kelgusida ham ushbu maqsadlarni ko‘zlamaydi. Hamkorbank ofislari faoliyat yuritayotgan hech qaysi hududda monopol maqomga ega emas va u hududlarda kamida 3-4 boshqa tijorat banklari filiallari mavjud. Shu sababdan iste’molchi banklarni erkin tanlash huquqiga ega. 

Yana bir bor ta’kidlaymiz. Bank "Hamkor Mobile" mobil ilovasidan foydalanayotgan va Hamkorbank plastik kartalariga ega identifikatsiyadan o‘tgan mijozlariga "Zolotaya Korona" tizimidan yuborilgan pul mablag‘larini bepul kirim qilish imkoniyatini yaratgan. Bu imkoniyat mobil banking ilovasi foydalanuvchilari uchun bonus xizmat bo‘lib, bepul taqdim etiladi. Shuningdek, mobil bankingdan foydalana olmaydigan bank plastik kartalariga ega mijozlar uchun bank filiallariga murojaat qilganda usha kartaga horijdan kelgan pulni bepul kirim qilish imkoniyati ham yaratilgan.

“Qo‘rqma” kanali administratori masalani batafsil o‘rganmasdan, xabarni chop etishda bankni “Monopol” deb atab, o‘z obunachilarini bankni “Poraxo‘r”likda” ayblashga chaqirmoqda. Bu bilan kanal mas’ullari bankning imidji, ishchanlik obro‘si, respublikamiz bank tizimi, mijozlar va xorijiy hamkorlar oldidagi nufuzini tushurishga urinishgan deb baholaymiz.  

Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi 139-moddasi 2-qismiga asosan Nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan tarzda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali tuhmat qilish bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play