mc.yandex.ruyandex

Rasmiy munosabat

20 / 10 / 20202020 yil 19 oktyabr kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchisi Murod Maxsudov saxifasida “Fuqaro Jabbbarov Beknazarga nisbatan “Hamkorbank” ATB Termiz filiali va boshqa davlat organlarini noqonuniy harakatlari” nomli sarlavxada xabar joylangan. Xabarga ko‘ra fuqaro honadonini bank va davlat organlari olib qo‘yishgan.

Yuqoridagi xabar bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz. Fuqaro Jabborov Beknazar Haydarovich bilan “Hamkorbank” ATB Termiz filiali o‘rtasida 2010 yil 14 iyun kuni “Uy-joy xarid qilishga kredit ajratish” (ipoteka) bo‘yicha shartnoma tuzilgan. Kredit 120 oy muddatga 22 foiz sharti bilan ajratilgan. Kredit ta’minoti sifatida kreditga sotib olingan ko‘chmas-mulk garovga qo‘yilib, tomonlar o‘rtasidagi 11.06.2010 yildagi kelishuv dalolatnomasi tuzilgan.

Biroq kredit oluvchi B. Jabborov kredit shartnomasining ajralmas qismi hisoblangan to‘lov grafigi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bir necha bor ogohlantirish xatlari yuborilganiga qaramasdan surunkali ravishda bajarmasdan kelgan. O‘sha paytda mavjud bo‘lgan qarzdorlik so‘ndirilmagan. Shundan so‘ng, bank tegishli tartibda sud organiga kredit undiruvini garov mulkiga qaratish bo‘yicha murojaat etgan hamda sud bankning da’vo arizasini to‘liq qanoatlantirgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Murod Maxsudov nomi bilan ro‘yhatda o‘tgan fuqaroga keyingi o‘rinlarda shu kabi va boshqa masalalarni har tomonlama o‘rganishni, masala ishtirokchilari bo‘yicha barchaning fikr va faktlari tekshirishni hamda xolisona munosabat qoldirishni tavsiya etamiz.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play