mc.yandex.ruyandex

Rasmiy munosabat!

24 / 06 / 20202020 yil 22 iyun kuni «Sevimli» telekanalining «Zamon» teleko‘rsatuvining kechki sonida «Hamkorbank» ATB Samarqand filiali tomonidan belgilangan sanitariya me’yorlari talablariga to‘liq rioya qilinmasdan faoliyat olib borayotganligi to‘g‘risidagi ko‘rsatuv efirga uzatilishi bo‘yicha rasmiy munosabat.

«Sevimli» telekanali ko‘rsatuvida namoyish etilgan lavhalarda bank tomonidan karantin qoidalariga to‘liq rioya etilayotganini ko‘rish mumkin. Lekin masofa saqlash imkoniyatini beruvchi kutish hududlari yaratilganiga qaramasdan bankka tashrif buyurgan mijozlarning o‘zlari ijtimoiy masofani saqlash talablariga rioya etmayotgani namoyon etilgan.   

Shuni ma’lum qilamizki, «Hamkorbank» ATBning barcha xizmat ko‘rsatish ofislari, shu jumladan Samarqand filiali ham virus tarqalishidan himoya qiluvchi barcha kerakli vositalar bilan ta’minlangan. Filial binosiga kirish joyi dezinfektsiyalash tonneli bilan jihozlangan bo‘lib, har bir tashrif buyuruvchi mijozning tana harorati tekshirilib filial binosiga kiritilmoqda.

O‘z navbatida, bankimizga tashrif buyuruvchi mijozlarni belgilangan sanitariya me’yorlariga rioya qilishlarini va bank xizmatlaridan foydalanish davomida ijtimoiy masofani saqlashlarini so‘rab qolamiz. Har bir inson o‘z xavfsizligi bo‘yicha o‘zi qayg‘urishi kerak, karantin qoidalariga rioya etmasdan sog‘ligingizni xatarga qo‘ymang. 

«Sevimli» telekanali muxbirlaridan esa ijtimoiy masofani saqlash nafaqat bankda yaratilgan sharoitga balki har bir mijozning o‘ziga bog‘liqligiga e’tiborni ko‘proq qaratishlarini so‘raymiz.

Samarqand_23062020.jpg

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play