mc.yandex.ruyandex

Rasmiy munosabat!

25 / 06 / 20202020 yil 23 iyun kuni “Sevimli” telekanalining “Zamon” teleko‘rsatuvining kechki sonida “Yulduzcha bolajon” nodavlat ta’lim muassasasiga uzoq vaqt ichida kredit ajratib berilmayotganligi to‘g‘risida lavha efirga uzatilishi bo‘yicha rasmiy munosabat.

Har bir tadbirkorlik sub'yekti va fuqaro istalgan bankdan kredit olish huquqiga ega, lekin bu banklar kredit berish majburiyatiga ega degani emas. Jumladan, shu kungacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 05 aprel kungi PQ-3651 sonli “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori doirasida “Hamkorbank” ATB tomonidan 2018 - 2020 yillar davomida jami 47 nafar mijozlarga maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish uchun 54,3 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan. Lekin “Sevimli” telekanalining “Zamon” teleko‘rsatuvi muxbirlari tomonidan “tadbirkorga va’da qilingan kredit mablag‘i bir yildan oshgan bo‘lishiga qaramasdan berilmayapti” iboralar noto‘g‘ri talqin qilinmoqda. Bank kredit ajratish jarayonida, tegishli hujjatlar tahlilisiz kredit ajratish bo‘yicha mijozga va’da bermaydi. “Yulduzcha bolajon” NTM ta’sischisi F. Abdumajidov oxirgi ikki yildan beri bankka murojaat qilgan bo‘lsa, har bir murojaati o‘rganilib, kredit ajratish masalasi asosli sabablarga ko‘ra rad qilingan. Jumladan, dastlabki murojaatda maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil qilish uchun Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 1 (bir) bola o‘rni uchun belgilangan harajatlar me’yoridan yuqori ekanligi, NTM ta’sischisining kredit tarixi salbiyligi, kredit ta’minoti uchun garov yetishmaganligi loyihani bank tomonidan rad qilinishiga sabab bo‘lgan. Keyinchalik NTM ta’sischilari o‘zgarganligi va bu holat Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan maqsadga muvofiq emas deb topilgan. Shuningdek, “Yulduzcha bolajon” NTM tomonidan taqdim qilingan hujjatlarga asosan rejalashtirilayotgan pul tushumlari loyihani o‘zini o‘zi qoplash uchun yetarli emas deb topilganligi sababli kredit ajratish rad qilingan.

Hududdagi mavjud ijtimoiy muammo, jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalari yetishmasligi ushbu kreditni berish uchun asos bo‘lmaydi. Kredit ajratilmasligi sabablari to‘liq yoritilmasdan, mijoz va bank o‘rtasidagi munosabatlar to‘liq o‘rganilmagan holda “Sevimli” telekanali tomonidan mazkur lavhani efirga berilishi “Hamkorbank” ATBga nisbatan o‘tkazilayotgan bosim sifatida qabul qilamiz.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play