«Сбербанк Онлайн» ilovasi yordamida mablag‘larni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Hamkorbank kartalariga o‘tkazing!

14 / 09 / 2020Rossiyada yaqinlari borlar uchun ajoyib yangilik. Endi yaqin insonlaringiz «Сбербанк Онлайн» ilovasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri sizning kartangizga mablag‘larni yuborishlari mumkin.

Sizga maqbul bo‘lgan valyutada va plastik kartaga: 

  • Uzcard va Humo kartalariga — milliy valyuta so‘mda.
  • Visa va UnionPay kartalariga — AQSh dollarida.


Jo‘natuvchi mablag‘lar miqdorini rublda ko‘rsatib, qabul qiluvchining kartasiga biriktirilgan telefon raqamini kiritishi kifoya. Mablag‘lar avtomatik ravishda konvertatsiya qilinadi va bir necha soniyadan so‘ng karta hisobiga kelib tushadi. Tez va oson!
⠀⠀
Xorijdagi yaqinlaringizga pul jo‘natishning yangi imkoni haqida xabar bering va sanoqli soniyalarda o‘tkazmalarni qabul qilib oling.

Hamkorbank bilan Rossiyadan pul o‘tkazmalari endi yanada tez va qulay!

HAMKOR MOBILEO'z mablag'ingiz ustida
nazorat qulayligi

HAMKOR MOBILEBir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni
boshqarish

HAMKOR MOBILEOmonatlarni onlayn tarzda
rasmiylashtirish

HAMKOR MOBILETo’lovlarni uyingizdan
chiqmasdan amalga oshiring.