"Sberbank Rossii"- Hamkorbankning yangi hamkori!

22 / 09 / 2017

"Hamkorbank" ATB "Sberbank Rossii" AJ bilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'ydi.


Banklar o'rtasidagi aloqalar faoliyati xorijiy valyutalar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarga bog'liq yuridik shaxslar uchun qo'shimcha qulayliklar yaratadi. Ushbu bank orqali o'zaro hisob-kitoblar AQSh dollari, evro va rubl kabi uch xil xorijiy valyutada olib boriladi.


"Sberbank Rossii" AJ - RF hamda MDHdagi yirik banklardan biri sanalib, keng tarmoqli bo'limlar, bank-sarmoya xizmatlarining yirik tizimiga ega. Aktsiyadorlik bankining ta'sischisi Rossiya Markaziy banki hisoblanadi. Ushbu bank hisobida 50% ustav kapitali va ovozga ega bitta aktsiya, xorijiy kompaniyalarga tegishli 40%dan ortiq aktsiya mavjud.


Eslatib o'tamiz, "Hamkorbank" ATB mamlakatimizning eksport salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan tashqi siyosatimiz bo'yicha faoliyat yuritadi. Shundan kelib chiqqan holda, Davlat Mahalliylashtirish Dasturida qatnashuvchi eksport bilan shug'ullanadigan mijozlar hamda tashkilotlarni moliyalashtirish bankimizning birinchi galdagi vazifasi sanaladi.



HAMKOR MOBILEO'z mablag'ingiz ustida
nazorat qulayligi

HAMKOR MOBILEBir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni
boshqarish

HAMKOR MOBILEOmonatlarni onlayn tarzda
rasmiylashtirish

HAMKOR MOBILETo’lovlarni uyingizdan
chiqmasdan amalga oshiring.