mc.yandex.ruyandex

Tadbirkor ayollar bilan hamkorlik istiqbollari

17 / 09 / 2018

“Hamkor” xalqaro biznes markazida “Tadbirkor ayollar bilan hamkorlik istiqbollari” mavzusiga bag'ishlangan seminar o'tkazildi.


Seminar Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» aktsiyadorlik tijorat banki tomonidan tashkil etilgan bo'lib, unda O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi hamda "Tadbirkor ayol" assotsiatsiyasi hamkor sifatida qatnashishdi. Shuningdek, tadbirda soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari, bir qator davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari hamda o'z biznesini boshlash istagida bo'lgan 100 nafardan ortiq ayollar ishtirok etishdi.


Ushbu tadbirda asosan tadbirkorlik qobiliyatiga ega ayollarning o'z bizneslarini tashkil etishlariga ko'maklashish, bu borada ularga biznes-reja tuzishning tartib-tamoyillarini o'rgatish, soliq sohasidagi yangliklar masalasi ilgari surildi.


Seminar-treningda ishtirokchilar uchun “Biznesni yuritishda yuridik jihatlar: Qonunchilik va imtiyozlar”, “Soliq tizimida kichik biznes sub'ektlariga yaratilgan imtiyoz va preferentsiyalar” , “O'z biznesini yo'lga qo'yayotgan ayollarning Biznes rejasini tuzishning o'ziga xos xususiyatlari”, “Bank mahsulotlari va xizmatlari – ularning xususiyatlari va shartlari” mavzularida taqdimotlar tashkil etilib, mutaxassislar qatnashchilarning mavjud savollariga batafsil javoblar berishdi.


Tadbir so'nggida, tashkilotchilar seminar qatnashchilariga faol ishtiroki uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusida shu kabi tadbirlar ko'plab o'tkazilishini ta'kidlashdi.









Перспективы сотрудничества с женщинами-предпринимателямиПерспективы сотрудничества с женщинами-предпринимателями

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play