mc.yandex.ruyandex

Tadbirkor ayollarning moliyaviy savodxonligini oshirishda banklarning o'rni

12 / 02 / 2015

женщ предприн


Andijon shahrining “Hamkor” biznes markazida “Tadbirkor ayollarning moliyaviy savodxonligini oshirishda banklarning o'rni” mavzusida seminar-trening o'tkazildi. Chet el kapitali ishtirokidagi aktsiyadorlik tijorat banki «Hamkorbank» , O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi hamda "Tadbirkor ayol" O'zbekiston ishbilarmon ayollar Assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirga Bank boshqaruvi, viloyat Xotin-qizlar qo'mitasi, soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari, bir qator davlat va nodavlat tashkilolari vakillari hamda o'z biznesini boshlash istagida bo'lgan 100 nafarga yaqin ayollar ishtirok etishdi.


            Ma'lumki, «Hamkorbank» tashkil etilganidan buyon kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda asosan hududlardagi olis qishloqlarga alohida e'tibor qaratmoqda. Bunda muassasa mahalliy hokimlik va jamoat tashkilotlari amaliy ko'magida turli loyihalarni amalga oshirib, sezilarli natijalarga erishmoqda. Shulardan biri “Tadbirkor ayollarning moliyaviy savodxonligini oshirishda banklarning o'rni” loyihasi bo'lib, u respublikamizning chekka hududlarida istiqomat qiluvchi aholi orasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish istagida bo'lgan xotin-qizlarning moliyaviy savodxonligini oshirish hamda bankning mikromoliyaviy xizmatlari bilan ta'minlashga qaratilgan. Loyiha bo'yicha dastlabki ish ana shunday hududlarni aniqlash va u erda amaliy uchrashuv va o'quv seminarlari tashkil etishdan boshlandi.


Bugungi tadbirda asosan tadbirkorlik qobiliyatiga ega qishloq ayollarining o'z bizneslarini tashkil etishlariga ko'maklashish, bu borada ularga biznes-reja tuzishning tartib-tamoyillarini o'rgatish masalasi ilgari surildi.


Qayd etish joiz, 2014 yil davomida «Hamkorbank» tomonidan yurtimizda ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlashga 128,7 mlrd. so'mlik kredit ajratildi. Bu, o'z navbatida, mamlakatimizdagi minglab ayollarning o'z mustaqil faoliyatiga, daromad manbaiga ega bo'lishlarini, oilalarning byudjetini shakllantirishi va turmushi farovonligining yaxshilanishiga xizmat qilishi, shubhasiz.


Tadbirda so'zga chiqqanlar ta'kidlaganidek, bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda, ayniqsa tadbirkor ayollarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadida yaratilgan huquqiy asoslar, xususan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 25 maydagi “O'zbekiston Xotin qizlar qo'mitasi faoliyatini qo'llab quvvatlash borasida qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Farmoning ahamiyati juda muhimdir. Ushbu huquqiy asoslardan kelib chiqib, tadbirkor ayollar faoliyati moliyaviy qo'llab-quvvatlanib, minglab ayollar o'z faoliyatlarini rivojlantirishmoqda. Tadbirkor ayollarning haq-huquqlarini kafolatlovchi normativ huquqiy baza yanada takomillashtirilishi bilan birga, kreditlar berish tartibi ham soddalashtirilganligi o'z biznesini boshlayotgan tadbirkor ayollarga juda qo'l kelmoqda.


Raqamlarga murojaat qiladigan bo'lsak, xozirda O'zbekiston tadbirkorlarining 35 foizini, fermerlarining esa 10 foizini ayollar tashkil etmoqda. Mamlakatimizda 200 mingdan ortiq tadbirkor ayollar davlat ro'yxatidan o'tib, xususiy korxonalarini boshqarishmoqda. Shuningdek, 300 nafar tadbirkor ayollar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida o'z faoliyatlarini olib borishmoqda.


Seminar-treningda ishtirokchilar uchun “Biznesni yuritishda yuridik jihatlar: Qonunchilik va imtiyozlar”, Soliq tizimida kichik biznes sub'ektlariga yaratilgan imtiyoz va preferentsiyalar” , “O'z biznesini yo'lga qo'yayotgan ayollarning Biznes rejasini tuzishning o'ziga xos xususiyatlari”, “Bank bilan munosabatlar: Bankda hisob raqam ochish, kredit olish uchun kerakli xujjatlar, kredit mahsulotlari” mavzularida taqdimotlar tashkil etilib, mutaxassislar qatnashchilarning mavjud savollariga batafsil javoblar berishdi.


Shuningdek, yig'ilganlarga «Yuksalish tarixi» nomli maxsus film ham namoyish etilib, Andijon viloyatida tadbirkorlik sohasida ijobiy natijalarga erishgan bir necha tadbirkor ayollar hayoti va faoliyati e'tirof etildi. Tadbir so'ngida, tashkilotchilar tomonidan bunday seminar-treninglar Respublikamizning barcha huddularida ham o'tkazilishi ta'kidlandi.


Bank Axborot xizmati



O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play