mc.yandex.ruyandex

Toshkent shahrida “Tadbirkor ayollarning moliyaviy savodxonligini oshirishda banklarning o'rni” mavzusidagi seminar-trening

20 / 04 / 2015

Toshkent Davlat Agrar universitetida “Tadbirkor ayollarning moliyaviy savodxonligini oshirishda banklarning o'rni” mavzusida seminar-trening o'tkazildi.


Chet el kapitali ishtirokidagi aktsiyadorlik tijorat banki «Hamkorbank» , O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi hamda "Tadbirkor ayol" O'zbekiston ishbilarmon ayollar Assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirga Bank boshqaruvi, viloyat Xotin-qizlar qo'mitasi, soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari, bir qator davlat va nodavlat tashkilolari vakillari hamda o'z biznesini boshlash istagida bo'lgan 100 nafarga yaqin ayollar ishtirok etishdi.


Mazkur tadbirda Toshkent viloyatining chekka hududlarida istiqomat qiluvchi hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish istagida bo'lgan xotin-qizlar ATB «Hamkorbank»ning mikromoliyaviy xizmatlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Xususan, tadbirkorlik qobiliyatiga ega qishloq ayollarining o'z bizneslarini tashkil etishlari uchun biznes-reja tuzishning tartib-tamoyillari, ularning haq-huquqlarini kafolatlovchi huquqiy asoslar, Soliq tizimida kichik biznes sub'ektlariga yaratilgan imtiyoz va preferentsiyalar, bankda hisob raqam ochish, kredit olish uchun kerakli xujjatlar, kredit mahsulotlari borasida mutaxassilar batafsild ma'lumotlar berishdi.


Shuningdek, ishtirokchilar tadbir mavzusi yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar olishdi.




Bank Axborot xizmati

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play