Rasmiy munosabat
03 / 08 / 2023Joriy yilning 3 avgust kuni ijtimoiy tarmoqdagi Telegram kanallarining birida, “Hamkorbank” ATB "Termiz" mintaqaviy BXO xodimlari ish vaqti bo'lishiga qaramasdan, o'z joylarida emasligi, barcha bank xizmatlari (kassa, pul o‘tkazmalari va hok.) ni atigi ikki nafar xodim ko‘rsatayotganligi, shu sababdan, aholi navbati ortib ketgani, qolavesa, bino qarshisidagi tabloda valyuta kurslari noto’g’ri ekanligi to‘g‘risida e'lon qilingan xabar yuzasidan.
Olib borilgan surishtiruv natijalariga ko'ra, birgina xodim mehnat ta’tilida va qolgan barcha xodimlar ish joyida ekanligi aniqlandi. Ta’kidlab o’tish joizki, ushbu ofis xodimlari “Mijozlarga xizmat ko’rsatish” standartlaridan chetga chiqmagan holda, barcha mijozlarga navbat asosida xizmat ko’rsatishadi. Bankning kuzatuv kameralari buning yaqqol isbotidir. Shuningdek, elektron tabloda yangilanmay qolgan valyuta kurslariga-texnik nosozlik sababdir va endilikda bu holat o’z vaqtida bartaraf etildi.
Hozirda ushbu ofis xodimlari tomonidan mijozlarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish davom etmoqda.