mc.yandex.ruyandex

Gender siyosati

Gender siyosati/strategiyasining asosiy maqsadi - bank tomonidan taqdim etiladigan xizmatlardan ayollar va erkaklarning teng foydalanishiga imkon yaratish hamda bankning Boshqaruv tarkibida ayollar va erkaklarning muvozanatlashgan ishtiroki va atnashuviga erishish hisoblanadi.


Ayollar va erkaklar huquqlarining tengligini ta’minlash sohasidagi normativ huquqiy baza quyidagilardan iborat:

  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi;
  • Inson huquqlari bo‘yicha Umumjahon Konferentsiyasi Vena -1993 yil;
  • Ayollarning umumjahon forumida qabul qilingan “Pekin harakatlar Platformasi”- 1995 yil;
  • “Ayollarga nisbatan kamsitishlarning har qanday shakliga barham berish to‘g‘risida”gi BMT Konventsiyasi - 1996 yil;
  • “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.03.2019 yilgi PQ-4235-sonli qarori;
  • O‘zbekiston Respublikasining 02.09.2019 yildagi “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-562-sonli Qonuni.

 

Gender strategiyasining asosiy maqsadi bank tomonidan taqdim etiladigan xizmatlardan ayollar va erkaklarning teng foydalanishiga imkon yaratish hamda bankning Boshqaruv tarkibida ayollar va erkaklarning muvozanatlashgan ishtiroki va qatnashuviga erishish hisoblanadi.


Hamkorbank” ATB gender strategiyasi quyidagi faoliyatlarni qamrab oladi:

  • Gender siyosatini muvofiqlashtirish sektori tomonidan bank bo‘yicha zaruriy gender tarkibiy ma’lumotlarni muntazam ravishda to‘playdi, qayta ishlaydi va tahlil qilib boradi;
  • Mavjud normativ hujjatlar va bankning ichki tartiblarini gender ekspertizasidan o‘tkazish talab qilinganda gender siyosatini muvofiqlashtirish sektori chetdan mutaxassis jalb etish yuzasidan Bank Boshqaruviga takliflar kiritadi;
  • Gender siyosatini muvofiqlashtirish sektori ayollar uchun yangi bank mahsulotlarini ishlab chiqish va tadbiq etishda har bir bank xodimi tashabbusini qo‘llab quvvatlaydi;
  • Gender siyosatini muvofiqlashtirish sektori ayollar uchun ahamiyatli hamda qulay marketing mahsulotlari va xizmatlarini ommaviy axborot vositalari, bank mutaxassislari orqali taqdim etib borishni tashkil qiladi;
  • Gender siyosatini muvofiqlashtirish sektori bank ayollari hamda bank mijozlari bilan doimiy aloqada bo‘ladi, bilim, tajriba va ko‘nikmalar almashish uchun uchrashuv va ijtimoiy tadbirlar o‘tkazadi;
  • Gender siyosatini muvofiqlashtirish sektori Xotin-qizlar Qo‘mitasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, “Ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi” kabi hamkorlar bilan tajriba almashish va potentsial mijozlarni moliyaviy ko‘nikma va bilimlarini oshirish maqsadida hamkorlikda tadbirlar tashkil etadi;
  • Gender siyosatini muvofiqlashtirish sektori mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib ayollar uchun maxsus dastur asosida o‘quv kurslari va treninglari tashkil etadi;
  • Gender siyosatini muvofiqlashtirish sektori o‘quv treninglari hamda seminarlari tashkil etganda bank xodimlari hamda mijozlari uchun “TOT” trenerlar uchun treninglar o‘qitish tizimidan keng foydalanadi va barcha auditoriyaning gender jihatlarini hisobga oladi;
  • Gender siyosatini muvofiqlashtirish sektori ayollar eng ko‘p shug‘ullanadigan soha va tarmoqlardagi talablarni baholash maqsadida bozor tadqiqotlarini o‘tkazadi;
  • Gender siyosatini muvofiqlashtirish sektori bankning mijozlar bazasida tadbirkor ayollarning ma’lumotlar bazasini shakllantirib boradi;
  • Gender siyosatini muvofiqlashtirish sektori xodimlarni o‘qitish va rivojlantirish bo‘limi bilan birgalikda bank xodimlarini o‘qitish rejasiga “ayollar biznesi xususiyatlari va ularni kreditlash”, “tavakkalchiliklarni tahlil qilish va pul mablag‘lari harakati”, “bank mahsulotlarini ayol mijozlar orasida kengaytirish”, “Banklar faoliyatida gender yondashuvi” kabi mavzularni kiritadi;
  • Barcha sotish xodimlari o‘z faoliyatlarida gender yondashuvi asosida ish tashkil qiladi, ayniqsa, ayollar odatlari va psixologiyasini hisobga oladi;

 

Mijozlarga xizmat ko‘rsatishda bank gender strategiyasi quyidagi asosiy ko‘rsatkichlarni bajarishga qaratilgan:

  • Мijozlar bilan ishlashda gender jihatlarini e’tiborga olish, tadbirkor ayollarni qo‘llab quvvatlash maqsadida barcha kichik va o‘rta biznes sub'yektlari uchun beriladigan kreditlar summasining 35% ulushidan kam bo‘lmagan qismini tadbirkor ayollar ajratish maqsadga muvofiq;
  • barcha kichik va o‘rta biznes sub'yektlariga ajratilgan kreditlar qoldig‘ining 30% ulushini tadbirkor ayollarga ajratilgan kreditlar qoldig‘i tashkil etishi kerak;
  • ayollarga ajratilgan barcha mikrokreditlarning 50% dan kam bo‘lmagan qismi Toshkent shahrida joylashmagan yoki ro‘yxatdan o‘tmagan tadbirkor ayollar tashkil etishi kerak.


O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play