Bank tо‘g‘risida
Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan yirik xususiy banklardan biri. Bank Respublikaning barcha ma’muriy hududlarini qamrab olgan 157 ta bank xizmatlari ofislariga ega.
Bank faoliyatining asosiy yoʻnalishlari Oʻzbekiston iqtisodiyotining real sektorini kreditlash, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va yangi ish oʻrinlarini yaratishga koʻmaklashish maqsadida texnik va texnologik modernizatsiyalash boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishdan iborat.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash bankning asosiy yoʻnalishlaridan biridir. Bank mamlakat moliya bozorini rivojlantirishdan tashqari, oʻz omonatchilari, mijozlari va aksiyadorlari manfaatlarini yuqori qoʻyadi.
Mikromoliyalash, kichik biznes sub’ektlarini kreditlash, yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish, savdoni moliyalashtirish va institutsional rivojlanish uchun texnik koʻmak berish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan xalqaro moliya institutlari (XMI) bilan 15 yildan ortiq davr mobaynida muvaffaqiyatli hamkorlik olib borilayotganligi Hamkorbank ishonchliligi va barqarorligining muhim koʻrsatkichidir. XMI bilan hamkorlik bank rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
Xalqaro va mahalliy kapital bozorlariga muvaffaqiyatli tarzda kirib borish va ishonchli qarz oluvchi sifatida obroʻ-e’tibor qozonish xalqaro investorlar tomonidan Bankka boʻlgan ishonchning tobora oʻshib borayotganligining dalilidir. Bank aksiyalarining bir qismi Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC), Gollandiya taraqqiyot banki (FMO) va responsAbility Investitsion kompaniyasi tomonidan xarid qilinishi buning isbotidir.