Banklararo amaliyotlar

Banklararo amaliyotlar

Banklararo amaliyotlar

“Hamkorbank” ATB ichki va tashqi moliya bozorining banklararo amaliyotlarida doimiy faol ishtirok etib kelmoqda. Asosan, xalqaro korrespondent va barcha mahalliy banklar bilan g‘aznachilik, sindikatlangan kreditlash, valyuta hamda boshqa moliyaviy amaliyotlarni boshqaruv tomonidan belgilangan limitlar asosida bajaradi.


Mazkur yo'nalishda “Hamkorbank” ATB boshqa bank va moliyaviy institutlarga limitlar doirasida quyidagi xizmatlarni taklif qiladi:

  • Barcha erkin konvertatsiya qilinadigan asosiy valyutalarda banklararo konversiya amaliyotlari;
  • SWOP bitimlari;

  • Mahalliy banklar bilan ichki tartiblardagi shartlarga asosan SPOT amaliyotlari;

  • G‘aznachilik amaliyotlari – depozitlar jalb qilish va joylash;

  • Milliy va xalqaro valyutalarda kredit olish va berish;

  • Sindikatlangan kreditlash.


"Hamkorbank" ATB banklararo kreditlar bozorida nafaqat O‘zbekistonda joylashgan banklar bilan, balki Yevropa, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlari, shu jumladan, Rossiya Federatsiyasida joylashgan banklar bilan ham ishonchli hamkorlik olib bormoqda.

"Hamkorbank" ATB tomonidan joylashtiriladigan va jalb qilinadigan banklararo kreditlar miqdori va foiz stavkalari milliy va xalqaro moliya bozoridagi talab va taklifdan kelib chiqib belgilanadi.


O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play