Moliyaviy tashkilotlarga
«Hamkorbank» ATB banklararo kreditlar bozorida faol ishtirok etib, doimiy ravishda qisqa muddatli banklararo kreditlarni jalb qilish va joylashtirish orqali o’z faoliyatini amalga oshiradi.
Korespondentlik munosabatlari
Ichki va tashqi bozorlarda korespondentlik munosabatlarini faol o‘rnatish va kontragentlar sonini ko‘paytirish bank rivojlanish strategiyasining muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Likvidlikni tezkor boshqarish korrespondentlik munosabatlarini o‘rnatishning muhim shartidir.
Bu jarayon Bank va filiallarning korrespondentlik hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari qoldig‘ini tartibga solish, moliya bozorlarida pul mablag‘larini jalb qilish va joylashtirish bo‘yicha operatsiyalarni, qimmatli qog‘ozlar bozorlarida operatsiyalarni amalga oshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Hamkorbank quyidagi tamoyillarga amal qiladi:
- Hisob-kitob tizimining mukammalligi
- Korrespondent banklarining shaffofligi, ishonchliligi va barqarorligi
- To‘lovlarni eng qisqa muddatlarda minimal komissiya bilan amalga oshirish
- Korrespondent banklari tarmog’ining mijozlar manfaatlariga muvofiqligi va sodiqliqi
- Bo‘sh pul mablag‘lari qoldiqlarini samarali va ishonchli joylashtirish kafolati

Oxirgi yangilanish sanasi: 22.11.2024
Hamkor mobil ilovasini yuklab oling
Ilovaning QR-kodini skanerlang. Agar ilova o‘rnatilgan bo‘lsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilovaga, aks holda qurilma do‘koniga yo‘naltirilasiz.
