Komplayens nazorati
Komplayens faoliyati
Bank xizmatlari uchun tariflar miqdori “Hamkorbank” ATB Boshqaruvining qarori bilan tasdiqlangan “Mijozlarga ko'rsatiladigan xizmatlar uchun olinadigan Bank xizmat xaqi tariflari”ga muvofiq belgilanadi.
Har bir bank xodimi Sizga xizmat ko'rsatish jarayonida “Korporativ Etika Kodeksi”ga rioya qilishi zarur.
Mazkur hujjatga muvofiq:
Bank poraxo'rlik va korruptsiyaning har qanday ko'rinishini inkor etadi;
Na xodimlar, na Bank bilan hamkorlik qiluvchi uchinchi shaxslar biror harakatni amalga oshirish yoki tezlashtirish uchun bankning mansabdor shaxslarini rag'batlantirishi mumkin emas;
Bank mijozlar, kontragentlar va hamkorlar bilan bir tarafga ustunlik beruvchi va/yoki shartnoma shartlarining qonuniyligini buzadigan, shartnomaga asoslanmagan munosabatlar olib borishni taqiqlaydi;
Xodimlarning mijozlarga nisbatan harakatlari xolisligiga ularning shaxsiy manfaati yoki boshqa shaxslarning ta'sir qilishiga yo'l qo'yilmaydi;
Bank xodimlariga mijozlar yoki uchinchi shaxslardan har qanday ko'rinishdagi sovg'alar, takliflar yoki xizmatlarni qabul qilish taqiqlanadi.
“ Mijozlar – bankning asosiy qadriyati, biz mijozlarga nisbatan samimiy munosabatdamiz,
xayrixoxmiz va ularni bezor qilishdan yiroqmiz.”
- Agarda bank xodimi tomonidan
- “Korporativ Etika Kodeksi”ga rioya qilinmasa
- Sizning huquqlaringiz poymol qilinsa
- Sizga o'z vaqtida xizmat ko'rsatilishida xato va kamchiliklarga yo'l qo'yilsa
- Sizdan bank xizmati uchun har qanday mukofot talab qilinsa
- Mansab vakolatlarini suiste’mol qilish, yoki mansab vakolatlaridan chetga chiqish, pora so'rash, tovlamachilik yo'li bilan haq berishni talab qilish kabi korruptsiya holatlariga yo'l qo'yilsa
Bunday hollarda quyidagi manzillarga murojaat qilishingizni so'raymiz:
- O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining (+99871) 200-00-44 yoki “Hamkorbank” ATBning (+99878 150-91-22) ishonch telefoni orqali xabar berish
- Elektron pochta orqali O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga info@cbu.uz, “Hamkorbank” ATBga contact@hamkorbank.uz elektron pochta manzillari orqali xabar berish
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yoki “Hamkorbank”ATBga xabar berishingizni so'raymiz
Komplayens nazorati hujjatlari
Oxirgi yangilanish sanasi: 09.04.2024 y.