Bank missiyasi va strategiyasi
Bankning strategik rivojlanishi haqida ma'lumot
Bankning strategik maqsadlari:
- Bankning bozordagi mavqeini mustahkamlash;
- Chakana xizmatlar hajmi bo‘yicha moliya bozorida yetakchiga aylanish;
- Bank faoliyati samaradorligini oshirish.
Strategik vazifalar:
- Barqaror resurs bazasini shakllantirish va diversifikatsiya qilish;
- Bank likvidligini samarali boshqarish;
- Masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirish va raqamli bankni joriy qilish;
- Kredit hamda valyuta amaliyotlari samaradorligini oshirish;
- Barcha sotish kanallarining samaradorligini ta’minlash;
- Ichki nazorat tizimini takomillashtirish;
- Samarali sotish tizimini yaratish;
- Harajatlarni tizimli boshqarish va optimallashtirish;
- Biznes jarayonlarni avtomatlashganlik darajasini oshirish;
- Mehnat unumdorligi va xodimlar samaradorligini oshirish;
- Xayrixohlik darajasi yuqori bo‘lgan professional jamoani shaklllantirish.
Bank missiyasi
Ishonchli hamkor sifatida yuqori sifatli va texnologik bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etish yo'li bilan mijozlar ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish.
Bank istiqbollari
«Hamkorbank» ATB mijozlarga sifatli xizmat ko'rsatishda eng yaxshi banklardan biriga aylanishga intiladi, bank biznesini barqaror ravishda rivojlantiradi, mijozlar, sheriklar va barcha manfaatdor shaxslar bilan birgalikda o'z oilasi va butun mamlakat foydasiga takomillashib borishga intiladi.