mc.yandex.ruyandex

Ekologik siyosat


“Hamkorbank” ATB mijozlari bilan o‘zaro munosabatlaridagi ekologik va ijtimoiy Siyosati 

 

1 - bob. Umumiy qoidalar

2 - bob. Bankni ekologik va ijtimoiy siyosatiga qo‘yilgan talablari

3 - bob. Yakuniy qoidalar


“Hamkorbank” ATB barqaror taraqqiyot - biznes boshqaruvining asosiy jihati ekanligiga ishonadi va atrof-muhit hamda ijtimoiy masalalarni samarali boshqarish majburiyatini oladi. “Hamkorbank” ATB o‘z faoliyatini Andijon shahrida 1991 yilda boshlagan bo‘lib, hozirda barcha ma’muriy mintaqalarni qamrab olgan filiallar tarmog‘iga ega. “Hamkorbank” ATB barqaror biznes yaratishda o‘z mijozlariga ekologik va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha eng yaxshi banklardan biri ekanligiga ishonadi va barcha tomonlarga manfaat keltirish maqsadida o‘z mijozlari, hamkorlari va manfaatdor tomonlar bilan birgalikda yuksaladi.

«Hamkorbank» ATB biznesni oqilona tarzda boshqarishning asosiy omili barqaror rivojlanish deb hisoblaydi va dunyodagi yetakchi banklar tomonidan atrof-muhit muhofazasi va ijtimoiy himoya masalalarida qabul qilingan me’yorlarga rioya etadi. «Hamkorbank» ATB o‘z faoliyatiga muhit muhofazasi va ijtimoiy himoya masalalarining muhim jihatlarni integratsiya qilishni tizimli ravishda davom ettiradi.



1- bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Siyosat bank barqaror rivojlanishining tayanchi hisoblangan siyosatning tavsifi hisoblanib, milliy qonunchilik talablariga mos keladi va atrof-muhit sharoitlari va ijtimoiy himoya holatining yomonlashishidan ogoh qiladi hamda oldini olishga intiladi.

2. Mazkur Siyosat O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolik kodeksi”, “Mehnat kodeksi”, “Shaharsozlik kodeksi”, “Tabiatni asrash to‘g‘risida», «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida», “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan.



2-bob. Bankni ekologik va ijtimoiy siyosatiga qo‘yilgan talablari

3. Bankni ekologik va ijtimoiy siyosati quyidagi talablarni bajarishga qaratilgan:

a) O‘zbekiston Respulikasining milliy ekologik va ijtimoiy me’yorlariga va zarur bo‘lganda boshqa talablariga rioya qilish maqsadida atrof-muhit va ijtimoiy menejment tizimlarini o‘z missiya va qadriyatlariga muvofiq va eng yaxshi xalqaro amaliyotga mos ravishda ishlab chiqadi, amalga oshiradi va ta’minlaydi. Maqsadlarni belgilash va ko‘rib chiqish, atrof-muhit va ijtimoiy ko‘rsatkichlarni baholash va hisobot berish hamda xodimlarni tegishli o‘qitish orqali ekologik va ijtimoiy xavflarni boshqarish tizimini doimiy ravishda takomillashtiradi;

b) barcha moliyaviy loyihalar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va Xalqaro Moliya Institutlari talablari asosida shakllantirilgan moliyalashtirish taqiqlangan faoliyat turlari ro‘yxati bo‘yicha ko‘rib chiqishga va baholanishiga ishonch hosil qilishga;

c) barcha moliyaviy loyihalar doimiy ravishda, ya’ni moliyalashtirishning butun jarayoni davomida “Hamkorbank” ATB “Ekologik va ijtimoiy menejment tizimi” Nizomi talablariga mos ravishda amalga oshirilishi uchun hamma sa’y-harakatlarni bajarishga;

d) “Hamkorbank” ATB ish joyida xodimlari bilan birgalikda samarali muloqot, ishtirok etish va maslahat berish orqali ijobiy ekologik va ijtimoiy madaniyatni targ‘ib qilishga. Ish joyida ekologik va ijtimoiy muammolarni aniqlash, baholash va ustuvorligini ta’minlashga;

e) barcha manfaatdor tomonlar (xodimlar, mijozlar, davlat organlari, birgalikda ishlaydigan jamoalar) bilan Ekologik va ijtimoiy menejment tizimi rivojlanishi va samaradorligi bo‘yicha muloqot olib borishga;

f) ekologik va ijtimoiy menejment tizimi sohasida xatarlarni samarali boshqarish uchun zarur resurslar bilan ta’minlashga.



3-bob. Yakuniy qoidalar

4. Sog‘liq, xavfsizlik va atrof-muhitni doimiy boshqarish maqsadida mazkur Siyosatning samaradorligini vaqti-vaqti bilan tekshirib turiladi, tahlil qilinadi va oldinga siljishlar xaqida ma’lumotlar taqdim etiladi. Ushbu Siyosat mazmuni va amalda qo‘llanilishi davriy ravishda qayta ko‘rib chiqiladi va ATB “Hamkorbank” Bosh ofisi va filiallaridagi ilg‘or tajribalar almashinuvi kabi tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

5. Ushbu siyosat talablarini bajarish Bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalari uchun majburiydir.

6. “Ekologik va ijtimoiy siyosat” talablariga rioya qilish nazorati tarkibiy bo‘linmalar nuqtai nazaridan Kreditlash va anderrayting departamenti tomonidan, yakka va jamoaviy boshqaruv organlarining xatti-harakatlari nuqtai nazaridan Bankning korporativ kotibi va ichki audit xizmati tomonidan bank tavakkalchiligini boshqarish tizimini mustaqil baholash doirasida amalga oshiriladi.

7. Mazkur Siyosat va unga kiritilgan o‘zgartirishlar Bank Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

8. “Ekologik va ijtimoiy siyosat” qonunchilikdagi o‘zgarishlarga asosan Bank yondashuvining o‘zgarishi, Bankning biznes strategiyasi o‘zgarishi, tashkiliy strukturaning o‘zgarishi, boshqa ichki va tashqi muhit o‘zgarishi hamda xatarlarni boshqarish tizimini mustaqil baholash natijalaridan kelib chiqib rejaviy asosda qayta ko‘rib chiqiladi.


O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play