Bank haqida
/
ESG va barqaror rivojlanish
/
Ijtimoiy mas’uliyat
/
Hamkorbank ATB: Mehr va e'tibor ulashish — ezgu an'ana

Hamkorbank ATB: Mehr va e’tibor ulashish — ezgu an’ana

"Hamkorbank ATB: Mehr va e'tibor ulashish — ezgu an'ana

Hamkorbank ATB: Mehr va e’tibor ulashish — ezgu an’ana

Hamkorbank ATB 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan respublikamizdagi «Muruvvat» internat uylarida xayriya tadbirlari o‘tkazdi. Bayram tadbirlari Toshkent, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbirlar doirasida bolajonlar uchun qo‘g‘irchoq teatrlari tomoshalari, qiziqarli sahna ko‘rinishlari va animatorlar ishtirokida shou dasturlar namoyish etildi. Bayram yakunida bolajonlarga Hamkorbank tomonidan maxsus sovg‘alar ulashildi.

Qo‘rg‘ontepadagi «Muruvvat» uyida o‘tkazilgan tadbirda bank xodimlari o‘z tashabbuslari bilan bolalarga yumshoq o‘yinchoqlar, kitoblar va kanselyariya mahsulotlarini hadya etishdi. Tadbirning milliy terma jamoamiz futbol uchrashuvi kuniga to‘g‘ri kelgani bayramga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. O‘yin bolalar uchun jonli efirda namoyish etildi. «Oq bo‘rilar» ramzi tushirilgan futbolkalarda milliy terma jamoamizga muxlislik qilgan bolajonlar sportga bo‘lgan qiziqishlari va vatanparvarlik tuyg‘ularini namoyon etdilar.

Hamkorbank ATB korporativ ijtimoiy mas’uliyat tamoyillariga sodiq qolgan holda, jamiyatning e’tiborga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va bolalar qalbiga quvonch ulashishni o‘zining ustuvor yo‘nalishi deb biladi.

Oxirgi yangilanish sanasi: 23.06.2026