Yuzlarda tabassum, qalblarda umid!

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan «Hamkorbank» ATB o‘zining hududiy ofislari bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi bir qancha «Muruvvat» uyi tarbiyalanuvchilari uchun bayram tadbirlari tashabbusini ilgari surdi.
Aytish joiz, nogironligi bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning hayotiga oz bo‘lsa-da yorug‘lik olib kirish, ularning ko‘ngliga quvonch ulashish maqsadida o‘tkazilgan mazkur hayriya tadbiri davomida qiziqarli sahna ko‘rinishlari, qo‘g‘irchoq teatri namoyish etildi, esdalik sovg‘alari topshirildi.
Jumladan, bankning Ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv bo‘limi va hududiy filiallari tomonidan amalga oshirilgan tadbirda Qo‘rg‘ontepa UBXO, Qashqadaryo MBXO, Toshkent MBXO, Farg‘ona MBXO, Buxoro MBXO, Termiz MBXO hamda Aviasozlik UBXO filiallari ayniqsa, alohida faollik ko‘rsatdilar.
Darvoqe, bolalar nafaqat sahna tomoshalari, balki esdalik sovg‘alari va iliq insoniy e’tibordan nihoyatda xursand bo‘ldilar. Ha, bu shunchaki bayram emas. Bu — mehr, insonparvarlik va jamiyatga bo‘lgan g‘amxo‘rlik timsoli. Zotan, quvonch ulashish — oliy saodat!