Bank haqida
/
ESG va barqaror rivojlanish
/
Ijtimoiy mas’uliyat
/
Bosh bank tizimida donorlik aksiyasi o‘tkazildi

Bosh bank tizimida donorlik aksiyasi o‘tkazildi

Joriy yilning 8 noyabr kuni Hamkorbank ATB Ekologik ijtimoiy korporativ boshqaruv masalalarini muvofiqlashtirish bo‘limi tashabbusi bilan Respublika qon quyish markazi mutaxassislari hamkorligida Bosh bank binosida hamda bankning respublika bo‘ylab faoliyat yuritayotgan tarmoqlarida donorlik aksiyasi o‘tkazildi. Ushbu tashabbus bank tizimida ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirish, jamiyatga foyda keltirish va hayot saqlash jarayoniga hissa qo‘shishni maqsad qildi.

Aksiya davomida xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tib, qon topshirish jarayonida faol ishtirok etdilar. Ayniqsa, Bosh bank jamoasi va «Yuksalish” UBXO xodimlari donorlik aksiyasida eng yuqori faollikni namoyon qildi. Ularning tashabbuskorligi natijasida aksiyada ishtirokchilar soni sezilarli darajada oshdi va qon zaxiralari to‘ldirishga munosib hissa qo‘shildi.

Shuningdek, Toshkent Xorazm va Namangan MBXO jamoalari ham aksiyani faol qo‘llab-quvvatlab, umumiy tashabbusning muvaffaqiyatli amalga oshishiga o‘z hissasini qo‘shdi.

Tadbir davomida Respublika qon quyish markazi mutaxassislari tomonidan donorlikning sog‘liq uchun foydalari, uning jamiyatdagi ahamiyati hamda inson hayotini saqlab qolishdagi ro‘li haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Ushbu donorlik aksiyasi bank tizimining ekologik va ijtimoiy mas’uliyatni oshirishga doir strategik yondashuvini, shuningdek, insonparvarlik va birdamlik kabi korporativ qadriyatlarga sodiqligini yana bir bor namoyon etdi.

Oxirgi yangilanish sanasi: 04.06.2026