Hamkorbank va hamkorlar ko‘magida bolalar onkologiyasi markaziga zamonaviy endoskopik apparat topshirildi

Hamkorbank, «EZGU AMAL» jamg‘armasi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) ko‘magida Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va klinik immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga zamonaviy endoskopik apparat topshirildi.
Loyiha Kamola Mahmudova xotirasiga bag‘ishlangan xayriya tashabbusi doirasida yig‘ilgan mablag‘lar asosida amalga oshirildi. YeTTB tomonidan ajratilgan qo‘shimcha mablag‘ hamda Hamkorbankning moliyaviy ko‘magi ushbu tashabbusni to‘liq amalga oshirish imkonini berdi.
Yangi endoskopik apparat aniq diagnostika va kam invaziv muolajalarni amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirib, onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni davolash sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Hamkorbank jamiyat uchun muhim bo‘lgan ijtimoiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.