Hamkorbank" Andijondagi nuroniylar uchun xayriya aksiyasini o‘tkazdi

«Hamkorbank» jamoasi Andijondagi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlaridan birida joylashgan qariyalar uyidagi nuroniylarning holidan xabar olib, ularga zarur bo‘lgan kundalik ehtiyoj vositalarini yetkazib berdi.
«Hamkorbank» uchun ijtimoiy mas’uliyat nafaqat yuzaki tadbir, balki faoliyatining ajralmas qismidir. Bank keksa avlod vakillariga g‘amxo‘rlik qilish, ularning hayotini yaxshilash orqali jamiyatning barqaror rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shish hamda ijtimoiy adolatni ta’minlashga bo‘lgan intilishini namoyon etadi.
Ushbu aksiya «Hamkorbank»ning ijtimoiy loyihalarini rejalashtirish va amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan Ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv masalalarini muvofiqlashtirish bo‘limining tashabbusi bilan o‘tkazildi.
«Hamkorbank» kelgusida ham bu kabi xayrli ishlarni amalga oshirib, jamiyatning barqaror va farovon kelajagi uchun o‘z hissasini qo‘shishda davom etadi.