Bank haqida
/
ESG va barqaror rivojlanish
/
Ijtimoiy mas’uliyat
/
Nuralieva Nilufarxon Bohodirovna — taʼlimdan tadbirkorlik sari: Andijonlik muvaffaqiyat hikoyasi

Nuralieva Nilufarxon Bohodirovna — ta’limdan tadbirkorlik sari: Andijonlik muvaffaqiyat hikoyasi

«Hamkorbank” ATB tomonidan qabul qilingan barqaror rivojlanish va ijtimoiy mas’uliyatga qaratilgan ESG strategiyasi doirasida yana bir «Hamkorbank” bilan muvaffaqiyatga erishgan navbatdagi mijozimiz haqida turkum maqolani e’lon qilamiz

Nuralieva Nilufarxon Bohodirovna ta’lim sohasida faoliyat boshlagan, hozirda esa Andijondagi «English Life” xususiy maktabiga hamda 8 ta ingliz tili o‘quv markaziga rahbarlik qilayotgan muvaffaqiyatli tadbirkor va rahbar ayoldir. Ilmiy-pedagogik tajriba va biznes yuritishdagi qat’iyat uni mintaqada ta’lim xizmatlari sifati va imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan samarali tashabbuskor sifatida tanitdi. Hozirgi kunda chet tilini o’rganishga ahamiyat katta. Ushbu tadbirkor bank bilan 10 yildan ortiq muddatdan buyon birga ishlab kelmoqda. Biznes boshida 4 ta xonani ijaraga olib o’z biznesimizni boshladik, «Hamkorbank” ATBning ko’magi va bizga bildirgan ishonchi bilan hozirgi darajaga yetdik deydi suhbat davomida.

Biznes egasi Nuraliyeva Nilufar Andijon chet tillari institutini tamomlagach, Andijon shahridagi o’quv markazda faoliyatini boshlagan va keyinchalik o’zida ham o’quv markazi tashkil qilish g’oyasi paydo bo’lgan. Ota-onasining moddiy ko’magi bilan bino ijaraga olib faolyaitini boshlaydi va ta’lim muassasasi dastlab 08.01.2015-yilda ro’yhatdan o’tkazadi. Dastlab 2015-yilda 3 qavatli binoni qavatidan 4 ta xonasini ijaraga olib faoliyatini boshlagan. So’ngra o’quvchilar soni ortishi sababli, 2016-yilda 4 qavatli binoni 2−3-4 qavatlarini ijaraga olib faoliyatini kengaytirgan. Yillar davomida o’z o’quvchilariga bergan ta’lim sifati va ular erishgan yutuqlar evaziga Nilufarxon Bohodirovna o’z brendini yaratadi va 2019-yilda yana bir qo’shimcha o’quv markazi ochadi. Tinimsiz izlanishlar va mehnati bilan tadbirkor xozirgi kunda 8 dona o’quv markazi tashkil etadi va 5 000 dan ortiq o’quvchilarni jalb qiladi. O’quv markazlari mahalliy yoshlar va kattalarga yuqori sifatli til kurslarini taqdim etadi, imtihonlarga tayyorlash, muloqot amaliyotlari va professional yo‘nalishlar uchun maxsus dasturlarni ishga tushurilgan. Bundan tashqari 2022-yilda o’ziga yangi bino sotib olib unda xususiy maktab tashkil qilgan xozirda ushbu maktabda 350 dan ortiq o’quvchi tahsil olmoqda. 2024-yilda mijoz Andijon viloyatining Xo’jaobod tumanida ham o’zining maktabini hamkori (Samo brendi) bilan birgalikda ochadi.

Aslida ta’limning o’rta ta’lim sohasidan Nuraliyeva Nilufarxon Bohodirovna o‘qituvchilik ish faoliyatini boshlab, dars berish va maktab yoshidagi avlodni tarbiyalash jarayonida to‘plangan amaliy tajribani boshqaruv va tashkilotchilik qobiliyatlari bilan uyg’unlashtirdi. U pedagogik tamoyillarni biznes boshqaruvi bilan bo’g’lab, o‘quvchilarning bilim olish jarayonini yanada samarali qilishga intildi. O’z biznesini yanada rivojlantirish maqsadida doimiy izlanishlarni olib bordi.

Andijonda nufuzli bo’lgan «English Life” xususiy maktabi va o‘quv markazlari Nilufarxonning rahbarligida tashkil etilgan «English Life” xususiy maktabi ingliz tilini chuqur o‘rgatish, zamonaviy ta’lim metodlarini joriy etish va ta’lim muhitini doimiy ravishda takomillashtirishga yo‘naltirilgan.

Ta’lim sifatini va uning jamiyatga ta’sirini oshirish uchun Nilufarxon Bohodirovna nazoratidagi muassasalar ingliz tilini nafaqat akademik jihatdan, balki amaliy hayotga mos ravishda o‘rgatishga katta e’tibor qaratadi. Nilufarxon Bohodirovnaning g’oyasiga asosan «Hamkorbank” ko’magi bilan ochilgan yangi o’quv markazida «Coworking” xonasi tashkil qilingan bo’lib o’zgacha ruh va dizaynda barpo etilgan keng va yorug' xonada o’quvchilar bo’sh vaqtlarini maroqli o’kazishmoqda. Bu yondashuv yoshlarga xalqaro muloqot va kasbiy imkoniyatlarni kengaytirish, mahalliy mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lish imkonini beradi. Shu tariqa, uning faoliyati nafaqat shaxsiy biznes, balki jamiyat taraqqiyotiga ham ijobiy hissa qo‘shmoqda. Har bir o’quv xonasi alohida kreativ tarzda o’zigacha ruhda ta’mirlangan va jihozlangan bo’lib, dars xonalari o’qituvchi va o’quvchilar uchun qulay elektron o’quv doskasi va boshqa zamonaviy uskunalarlar bilan jihozlangan.

«Hamkorbank tomonidan berilgan kreditlar bizning korxonamizni modernizatsiya qilish, yangi texnologiyalar joriy etish imkonini berdi. Yangi uskunalar yordamida biz turli murakkablikdagi ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etishga muvaffaq bo‘ldik. Hozirda 350 nafar ishchini ish bilan ta‘minlaganmiz”.

Biznesda juda muhim bo’lgan tashabbuskorlik, tashkilotchilik va yangilikka intilish kabi qobiliyatlar Nuraliyeva Nilufarxon Bohodirovnada yaqqol namoyon bo’lib turadi. U pedagogik standartlarni saqlab qolgan holda, yangi texnologiyalar va zamonaviy o‘qitish usullarini joriy etish orqali o‘quv jarayonini doimiy yangilab boradi. Tadbirkorning ustuvor maqsadlaridan biri nafaqat har bir o’quvchiga balki, — har bir o‘qituvchiga individual yondashuvni ta’minlash va sifatli ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishdir.

Pandemiya davrida tadbirkor yana bir faoliyatga qo’l urdi. Qisqa vaqt ichida somsaxona biznesini tashkil etib somsa xamirlarini tayyor holda va yarim tayyor holda sotish faoliyatini yo’lga qo’ydi. Xozirgi kunda ushbu tamaddixonalar «English Life” o’quv markazi 1 qavatida, «Andijonim” savdo markazi va «Tibbiyot diagnostika” binolari oldidagi mijozlarga xizmat ko’rsatmoqda.

Ota-onalar, o’quvchilar va o’qituvchi xodimlar tomonidan bildirilgan ishonchni oqlash va kelajakda todora rivojlanib butun Respublika miqyosidagi sifatli va nufuzli o’rta va oliy ta’lim o’quv dargohlarini ochish va rivojlantirishni maqsad qilgan mijozimiz, bank bilan kelgusida yanada katta maqsadlar sari intilishni rejalashtirmoqda.

Loyiha Ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv masalalarini muvofiqlashtirish bo‘limi tashabbusi asosida amalga oshirildi.

Oxirgi yangilanish sanasi: 05.06.2026