Bank haqida
/
ESG va barqaror rivojlanish
/
Ijtimoiy mas’uliyat
/
“We Finance Code”: moliya sohasida ayollar imkoniyatlarini kengaytirish

«We Finance Code»: moliya sohasida ayollar imkoniyatlarini kengaytirish

2026 yil 17 mart kuni Markaziy bank tashabbusi bilan «We Finance Code» dasturi doirasida tijorat banklari ishtirokida navbatdagi o‘quv yig‘ini tashkil etildi. Ushbu tadbir moliya sohasida gender tengligini ta’minlash, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash hamda moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

O‘quv yig‘inida ishtirokchilarga «We Finance Code» tashabbusining asosiy maqsad va vazifalari, xalqaro tajriba hamda uni amaliyotga joriy etish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

«We Finance Code» dasturi doirasida tashkil etilayotgan mazkur tashabbus kelgusida ham izchil davom ettirilib, ayol tadbirkorlar uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va barqaror iqtisodiy rivojlanishga hissa qo‘shishi asosiy maqsad etib belgilangan.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.06.2026