«Tadbirkor ayollar» seminari Xorazmda

«Hamkorbank” ATB Ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv masalalari (ESG) bo‘limi va Mikro kichik va o‘rta biznes departamenti bilan birgalikda shu yilning 16-dekabr kuni soat 14:00 da Xorazm viloyati Urganch shahridagi «Hamkor biznes” markazi konferensiyalar zalida YETTB hamda Hamkorbank ATB tomonidan Markaziy Osiyoda tadbirkor ayollar dasturi «Women in biznes” va Yashil moliya «GEFF” loyihasiga asosan «Ayol tadbirkorlar uchun moliyaviy va nomoliyaviy xizmatlar” mavzusida navbatdagi seminar tashkil etildi.


Islomiy bank mahsulotlarini sotish guruhi bosh mutaxassisi Isayev Alisher Usmonovich «Islomiy bank mahsulotlari” dasturi taqdimotini o‘tkazdi. Tadbirkor ayollar tomonidan bu mavzuga katta e’tibor va qiziqish bildirildi.
YETTBning O‘zbekistondagi kichik biznes bo‘yicha maslahat dasturining katta tahlilchisi Nazira Dadaxonova mehmonlarni «YETTB nomoliyaviy xizmatlari” bilan tanishtirdi. Ekspertlar va tadbirkor ayol mijozlar bank tomonidan tashkil etilgan kofe breyk davomida qizg‘in suhbat qurdilar.
Mahsulot ishlab chiqish va sotish bo‘limi mutaxassisi Maxmudov Bekzodxo‘ja Esonxo‘ja o‘g‘li tomonidan «Hamkorbank kredit mahsulotlari” mavzusida gapirib, Ayol tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar to‘g‘risida tushunchalar berdi.
«Hamkorbank” ATB Biznes treneri Rustam Sagdullayev «Mijoz eshigini ochuvchi 6 kalit yohud savdoni rivojlantirish” nomidagi mahorat darsi orqali mehmonlarga juda foydali ma’lumotlar berdi.
Shundan so‘ng barcha ishtirokchilar ekspertlarga savollar bilan murojaat etib o‘zlariga kerakli ma’lumot va bilimlarni olishga harakat qilishdi. «Hamkorbank” ATB tomonidan seminar qatnashchilariga maxsus sertifikatlar topshirildi.