«Tadbirkor ayollar» seminari

«Hamkorbank» ATB Ekologik ijtimoiy va korparativ boshqaruv masalalari bo‘limi va Mikro kichik va o‘rta biznes departamenti bilan birgalikda shu yilning 24-iyul kuni soat 14:00 da Farg‘ona shahridagi «Mehmon Saroy Grand» mehmonxonasi konfirentsiyalar zalida YeTTB hamda Hamkorbank ATB tomonidan Markaziy Osiyoda tadbirkor ayollar dasturi «Women in busines» loyihasiga asosan «Moliyaviy savodxonlik va sotish sa’nati» mavzusida navbatdagi seminar tashkil etildi.
Seminarda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Germaniyaning xalqaro hamkorlik bo‘yicha Sparkassenstiftung konsalting kompaniyasi, IPC — Internationale Projekt Consult GmbH konsalting kompaniyasi, «Hamkorbank» ATB jamoasi hamda tadbirkor ayol mijozlar ishtirok etishdi.
Tadbirni «Hamkorbank» ATB Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Kasimova Moxinurxon Saidasrarovna ochib, bank va mijozlar o‘rtasidagi munosabatlar to‘g‘risida so‘z yuritdi.
Markaziy bank Farg‘ona viloyati bosh boshqarmasi rahbari Eshonqulov G‘offorjon Muxtorovich so‘zga chiqib tadbirkor ayollar uchun bankning ahamiyatini ta’kidladi.
Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari, oila va ayollar bilan ishlash bo‘limi mudiri Ortiqova Nodira Mamajonovna tadbirkor ayollarga davlat tomonidan berilayotgan e’tibor to‘g‘risida gapirib o‘tdi.
YeTTBning O‘zbekistondagi kichik biznes bo‘yicha maslahat dasturining katta tahlilchisi Nazira Dadaxonova mehmonlarni «ETTB kichik biznes uchun maslahat dasturi» bilan tanishtirdi.
Islomiy bank mahsulotlarini sotish guruhi bosh mutaxassisi Abdulaziz Jalilov Abduxamid o‘g‘li «Islomiy lizing» dasturi taqdimotini o‘tkazdi. Ayollar bu mavzuga katta e’tibor bilan qiziqish bildirishdi.
YeTTB ekspertlari va tadbirkor ayol mijozlar bank tomonidan tashkil etilgan kofe breyk davomida qizg‘in suhbat qurdilar.
Bank Korporativ o‘quv markazi bosh treneri Ergashev Azamat Zaropjonovich tomonidan «Sotish texnologiyasi» to‘g‘risida mahorat darsi o‘tkazildi. Mahorat darsida ayol tadbirkorlar faoliyatlari uchun kerakli ma’lumotlarni oldilar.
Mahsulot ishlab chiqish va sotish bo‘limi mutaxassisi Maxmudov Bekzodxo‘ja Esonxo‘ja o‘g‘li tomonidan «Hamkorbank Biznesingizga ishonchli hamroh» mavzusida bankning mahsulotlari to‘g‘risida Ayol tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar to‘g‘risida tushunchalar berdi.
Shundan so‘ng barcha ishtirokchilar ekspertlarga savollar bilan murojaat etib o‘zlariga kerakli ma’lumot va bilimlarni olishga harakat qilishdi. «Hamkorbank» ATB tomonidan seminar qatnashchilariga maxsus sertifikatlar topshirildi.