mc.yandex.ruyandex

Korporativ etika kodeksi

Mijozlar va ishbilarmon hamkorlar bilan munosabatlar:
  • Mijozlar, ishbilarmon hamkorlarimiz bilan bo’lgan munosabatlarimiz professionallik, halollik, insof, o’zaro bir-biriga hurmat va ishonch, Mijoz manfaatlarining ustuvorligi, majburiyatlarning buzilmasligi, zaruriy ma’lumotlarning to’liq ko’rinishda namoyon bo’lishi, sudda ishni ko’rishga nisbatan muzokaralarning ustuvorligi tamoyillariga asoslanib quriladi.
  • Bank mijozlarga xizmat ko’rsatishning eng oliy standartlariga intiladi va bunda ularning har bittasining manfaatlarini himoya qiladi.
  • Bank o’zining sodiqligini ochiq-oydin e’lon qiladi va halol raqobat, jinoiy yo’l bilan olingan daromadlarning legalizatsiya (yuvib ketilishi) qilinishiga qarshi turishda faol ishtirok etish tamoyillariga rioya qiladi.
  • Bank mijozlari va ishbilarmon hamkorlarining operatsiyalari, hisob raqamlari va omonatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni, shuningdek mijoz,ishbilarmon hamkorning obro’siga, boshqa moddiy yoki moddiy bo’lmagan manfaatlariga zarar keltirishi mumkin bo’lgan boshqa ma’lumotlarni ovoza qilmaydi, agar bunday ma’lumotlarni ochib tashlash O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi tomonidan ko’zda tutilmagan bo’lsa.
  • Bank o’zining faoliyatini mijozlari va aksionerlari manfaatiga mos ravishda olib borib, siyosiy partiyalar va birlashmalarga nisbatan betaraflik tamoyiliga amal qiladi. Хodimlar qonun doirasida tuzilgan va amal qilayotgan partiyalar, uyushmalar va birlashmalarning a’zolari bo’lib, siyosiy faollikni namoyon qilishlari mumkin. Biroq bunday faollik bank tashqarisida qolib ketishi, bank manfaatlariga keskin to’g’ri kelmagan holda amalga oshirilmasligi, ish majburiyatlariga to’sqinlik qilmasligi yoki ish paytida amalga oshmasligi lozim.
  • Bank o’zining mijozlarini xalq xo’jaligining barcha sohalarida barcha mulkchilik shaklidagi korxonalarda, aholining barcha qatlamlari, davlat boshqaruvining institutlari orasida mavjud deb biladi. Bank siyosiy, diniy yoki milliy jihatlarga ko’ra kamsitishni istisno qilgan holda har bir mijozning manfaatlarini himoya qiladi.
  • Bank mijozlariga nisbatan o’z bo’yniga olgan barcha majburiyatlarni halollik bilan bajaradi va taqdim etilayotgan xizmatlarning yuqori sifatli bo’lishiga harakat qiladi, mijozlari bilan ochiq va vijdonan ishlaydi.
  • Bank barcha operatsiyalarni mijozlari manfaatlariga mos ravishda professionallik va halollik bilan olib borib, mijozlarining topshiriqlarini eng yaxshi natija bilan va eng qisqa muddatlarda bajarilishini ta’minlaydi.
  • Bank mijoziga bankdagi xizmat ko’rsatish tizimidagi o’zgarishlar, yangiliklar va imkoniyatlar to’g’risida o’z vaqtida va to’liq ma’lumot beradi, xizmat ko’rsatishning mavjud bo’lgan variantlarini taklif etadi (professional darajada maslahat beradi), ma’lumotlarning to’liq va yetishish imkoni bo’lishini mijozga xizmat ko’rsatish borasida Bank tomonidan belgilangan hajmda va tarkibda bo’lishini ta’minlaydi.
  • Bank doimo taqdim etiladigan xizmatlar sifatining yaxshilanishi to’g’risida bosh qotiradi, yuz beradigan tushunmovchiliklar va qiyinchiliklarni o’z vaqtida diqqat bilan ko’rib chiqadi, mijozlarning shikoyatlari va talablarini hal etadi.
  • Bank xodimi mijoz, ishbilarmon hamkor uchun har qanday ko’rinishdagi tavakkalchilikni minimallashtirish uchun barcha kuchini safarbar etadi.
  • Bank xodimi mijozlariga, ishbilarmon hamkorlariga yashirincha ustun yoki afzal bo’lgan xizmatlarni ko’rsatmaydi.
  • Bank xodimi uchinchi shaxslarga o’z mijozlari, ishbilarmon hamkorlaridan, ularning vakillari yoki affillashgan shaxslardan pul mablag’larini yetkazib bermaydi, shuningdek Bank xodimi sifatida amalga oshirgan faoliyati uchun mukofot tariqasida pul mablag’lari olishga imkon beradigan shartnomalarni uchinchi shaxslar bilan tuzmaydi. Bank xodimlari pora deb qabul qilinishi mumkin bo’lgan har qanday to’lovlardan o’zlarini olib qochishlari lozim. Bunday to’lovlar bankning barcha qonun-qoidalari va tamoyillariga zid.
  • Bank xodimi o’z mijozlari, ishbilarmon hamkorlari tomonidan uchinchi shaxslar, ularning vakillari yoki affillashgan shaxslar orqali har qanday ko’rinishdagi sovg’a-salomlarni qabul qilishga yoki berishga haqqi yo’q, agar bunday qabul qilish yoki berish shaxsiy va korporativ manfaatlarda ziddiyatni yuzaga keltirishi mumkin bo’lsa.
  • Bank xodimi Bank, Banklar tuzilmasi nomidan tadqiqot olib borishga va mijozga, ishbilarmon hamkorga baho berishga haqqi yo’q, agar bunday holat uning Bankdagi xizmat vazifalari bilan bog’liq bo’lmasa.



Bankning o'z xodimlari bilan o'zaro munosabatlari:
  • Bank o’z xodimlari bilan munosabatlarini ko’p muddatli hamkorlik va bir-birini hurmat qilish, o’zaro majburiyatlarni so’zsiz bajarish tamoyillariga amal qilgan holda olib boradi.
  • O’z kadr salohiyatining mustahkamlanishini va rivojlanishini, samarali jamoaviy faoliyatni tashkil etishni Bank o’zining uzoq muddatli, barqaror rivojlanishining asoslaridan biri deb biladi. Bankdagi korporativ madaniyatni takomillashtirish xodimlarning mas’uliyatini va mustaqilligini oshirishga, har bir xodimda Bank vazifasini va uning oldida turgan strategik topshiriqlarni bajarishga aloqadorlik hissini hosil qilishga qaratilgandir.
  • Bank uchun murakkab kompleksli vazifalarni yechishga qodir bo’lgan professionallar jamoasini shakllantirish muhim hisoblanadi. Har bir xodim jamoa a’zosi bo’lib, har kimning ishi umumiy ishga qo’shilgan hissa deb qaraladi, Bank faoliyatining muvaffaqiyatli bo’lishi har bir xodimning professionalligi, halolligi va ishining sifatiga bog’liqdir.
  • Har bir xodim o’zining javobgarligi va lavozim yo’riqnomasida aks etgan qarorlar doirasida o’z faoliyati uchun javob beradi. Kasbiy tayyorgarlikning standartlarini tatbiq etish asosida xodimlarning mas’uliyati va mustaqilligini oshirishga Bank personalni qo’llab-quvvatlashning ahamiyatli omili deb qaraydi.
  • Bank har bir xodimga o’zining ijodiy qobiliyatini rivojlantirish va qo’llashga, kasbiy mahoratini oshirishga imkon beradigan shart-sharoitlar yaratishga harakat qiladi. Bank rahbariyati Bankdagi biznes-jarayonlarni va boshqaruv tizimini takomillashtirishga qaratilgan xodimlarning tashabbusini qo’llab-quvvatlaydi.
  • Bank mehnatga haq to’lash va mukofot berish tizimini xodimlarning o’z ishlaridagi yuqori natijalarga erishishlari eng asosiy rag’batlantiruvchi element deb biladi va ish haqi darajasining soha darajasiga va mehnatning adekvat bo’lgan yakuniy natijasiga mos ravishda bo’lishiga harakat qiladi.
  • Bank muntazam ravishda xodimlarning sog’ligi va mehnatining xavfsiz bo’lishiga e’tibor berib keladi. Ishga qabul qilayotgan paytda siyosiy, diniy, milliy va kasbiy sifatlarga aloqasi bo’lmagan boshqa omillarga ko’ra kamsitishga aslo yo’l qo’yilmaydi..
  • Bank o’z xodimlari bilan munosabatlarini bir-birining manfaatlarini o’zaro hurmat qilish asosida , amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq ravishda xodimlarning huquqlari va javobgarliklarining balansini saqlagan holda quradi.
  • Bank qanday ko’rinishda bo’lmasin va qanday vositalar orqali amalga oshirilgan bo’lmasin, insoniy fazilatlarning har qanday tahqirlanishiga murosasiz bo’ladi.
  • Agar biror xodimga nisbatan uning kamsitadigan yoki tahqirlaydigan holatlar, harakatlar yuz bergan bo’lsa, bu to’g’risida xodim korporativ etika bo’yicha komissiyaga murojaat qilishi mumkin.
  • Bank xodimlari orgtexnikani, nusxa ko’chiruvchi mashinalarni, printerlarni, kanselyariya mollarini, internetni, aloqa vositalarini, Bankning axborot va tarmoq resurslarini shaxsiy maqsadlari uchun ishlata olmaydi. Bank Kodeksning ushbu punktini xodimlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish uchun tegishli xizmatlar va organlar yaratishga haqlidir.
  • Bank tavakkalchilikni boshqarish madaniyatini rivojlantirishni rag’batlantiradi. Bank xodimi o’z vazifalarini bajarayogan paytda tug’ilishi mumkin bo’lgan tavakkalchiliklarga e’tibor beradi. Bank xodimi bevosita rahbarga va bank tavakkalchiliklarini boshqarish bilan shug’ullanadigan xodimga Bank uchun yo’qotishlarga olib kelishi mumkin bo’lgan tavakkalchiliklarning mavjudligi to’g’risida xabar beradi.
  • Bank xodimlari bank va uning mijozlari manfaatlarini xodimlarning shaxsiy manfaatlariga nisbatan ustuvor bo’lishi tamoyiliga amal qilishlari lozim.
  • Bank xodimiga boshqa ishga o’tish to’g’risida taklif kelib tushsa yoki boshqa ishga o’tishga o’zi qaror qilgan bo’lsa, bu to’g’risida shu zahoti bevosita rahbarini xabardor qilishi lozim.
  • Bank xodimlari parallel ravishda boshqa ish beruvchilar uchun ishlamasliklari, o’zlarining shaxsiy tadbirkorlik faoliyatlarini olib bormasliklari, uchinchi shaxslarning ayrim ishlari yoki buyurtmalarini bajarmasliklari lozim, bunday faoliyat xodimlarning o’z mehnat majburiyatlarini amalga oshirishlari bilan ziddiyatga olib kelmasligi lozim.
  • Bank xodimi Bankning, sho’’balarning va unga bog’liq bo’lgan tuzilmalarning obro’siga, boshqa moddiy bo’lmagan yoki moddiy manfaatlariga zarar keltirishi mumkin bo’lgan vaziyatlarning yuzaga kelishiga yo’l qo’ymasligi lozim.
  • Хodimlar bankning samarali ishlashini ta’minlash maqsadida o’z qarindoshlari va mahalladoshlariga ishga qabul qilish paytida yoki xizmatda ko’tarilish paytida yordam berish kabi ahloqsiz odatdan voz kechishlari kerak. Bank kadrlarni tanlab olish va yuqori lavozimga ko’tarish paytida ko’nikmalar va kasbiy mahoratning musobaqalashish tamoyiliga amal qiladi.
  • Bank xodimi qonunchilik, ushbu Kodeks, Bankning ichki hujjatlariga mos ravishda xizmatiga aloqador bo’lgan barcha yozuvlarni olib boradi va ularni saqlaydi, bank to’g’risidagi, mijozlar to’g’risidagi ovoza qilishga ta’qiqlangan xizmat ma’lumotlarini ovoza qilmaydi va tarqatmaydi, shuningdek, xizmat ma’lumotlaridan o’z shaxsiy manfaatlari yoki affillashgan shaxslar manfaati uchun foydalanmaydi.
  • Хizmat burchi yuzasidan bank axborotlariga yetishishi ruxsat etilgan shaxslar xizmat sirlarini oshkora qilganliklari uchun qonun tomondan belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.


O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play