mc.yandex.ruyandex

Moliyaviy savodxonlik

“Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki aholining bozordagi holatini to'g'ri baholab va qaror qabul qilish imkoniyatini beradigan moliya va bank yo'nalishi bo'yicha bilim va ko'nikmalarini oshirish bo'yicha faol ish olib bormoqda.


Hozirgi kunga kelib moliya xizmatlari qiyin ko'rinish va tavsifga ega bo'lgan bir paytda, iste'molchilar yechish zarur bo'lgan masalalar paydo bo'la boshladi va bu masalalarni yechish uchun iste'molchida har doim ham yetarlicha bilim va ko'nikmalar bo'lmaydi. Aksariyat hollarda bu jarayon aholida moliyaviy bilimlar yo'qligi, oilaviy byudjetni rejalashtirish bo'yicha yetarlicha ma'lumotga ega emasligi va moliya xizmatlaridan to'laqonli va samarali foydalana olmaslik bilan bog'liq bo'ladi.


Shundan kelib chiqib, “Hamkorbank” ATB ommabop moliyaviy xizmatlarni joriy etish bilan birgalikda aholini zamonaviy bank xizmatlaridan foydalanishi uchun imkoniyatlarini kengaytirishda ham ishlar olib bormoqda.



“Qishloq joylarda ayol-tadbirkorlarni moliyaviy savodxonligini oshirish” loyihasi

Qishloq joylarda ayol-tadbirkorlarni moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida “Hamkorbank” ATB tomonidan “Ayol-tadbirkorlarni moliyaviy savodxonligini oshirishda banklarning o'rni” mavzusida bir qator seminarlar tashkil etildi.


Seminarda 1 500 dan ortiq ayol-tadbirkor va o'z biznesini boshlamoqchi bo'lgan ayollar qatnashishdi. Seminar davomida faoliyatini boshlamoqchi bo'lgan tadbirkorlar uchun yo'naltirilgan moliya xizmatlarini imkoniyatlari ochib berildi. Ushbu seminarlar uchun maxsus buklet ishlab chiqilgan bo'lib, buklet biznesni shakllantirish va rivojlantirish jarayonida bank xizmatlaridan foydalanishning ustun tomonlarni o'z ichiga olgan.


“Mening moliyaviy savodxonligim” kitobchasi

“Hamkorbank” ATB tomonidan “Mening moliyaviy savodxonlgim” kitobchasi ishlab chiqildi. Ushbu kitobcha tadbirkorlik faoliyatini olib borish, tadbirkorlikning mulkchlik shakllarining turlari, davlat ro'yxatidan o'tish jarayoni, soliqqa tortilish, tijorat banklari bilan ishlash, tadbirkorlar uchun bank mahsulot va xizmatlari to'g'risidagi kerakli ma'lumotlarni o'z ichiga olgan.



Global money week

“Hamkorbank” ATB Global Money Week haftaligi qatnashchisi bo'ldi. Ushbu haftalik Child & Youth Finance International tashkiloti tomonidan tashkil etilib, maqsadi - ishonchli va ma'suliyatli moliyaviy kelajak uchun kelgusi avlodning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan xalqaro tadbir ekanligi hamda mazkur haftalik har yili butun dunyo hamjamiyati yoshlari uchun moliyaviy muhitni o'zgartirish va yosh fuqarolarga ularning o'z kelajaklarini belgilashlarida qo'l kelayotganligi, shuningdek bilim va vositalarni taqdim etish.


Ushbu hafta davomida “Yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirishda banklarning o'rni” mavzusida ko'plab seminarlar tashkil etildi. Ushbu tadbirlarda 2 000 nafardan ziyod yoshlar qatnashdi.


O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play