Bank haqida
/
Reytnig

Reytnig

«S&P Global Reytings» xalqaro reyting agentligi «Hamkorbank» ATB prognozini «Barqaror»dan «Ijobiy»ga o‘zgartirdi.

Ayni paytda Bankning uzoq va qisqa muddatli emitent kredit reytinglari «BB-/B» darajasida saqlab qolindi. Prognozning yaxshilanishiga Bank aktivlari sifatining barqarorligi va operatsion ko'rsatkichlarning izchilligi sabab bo‘ldi.

So‘nggi besh yil davomida Bank aktivlarining sifati O‘zbekiston bank tizimidagi o‘rtacha darajadan yuqori bo‘lib keldi. Bank kredit portfeli sektor bo‘yicha o'rtachadan tezroq o‘smoqda, uning asosiy yo‘nalishlari — chakana kreditlash hamda mikro, kichik va o‘rta biznesni (MKO'B) moliyalashtirish — nisbatan tavakkalchiligi yuqori segmentlar hisoblanadi. Shunga qaramay, agentlik aktivlar sifati bo'yicha ijobiy tendensiya kelgusida ham saqlanib qolishiga umid qilmoqda.

Agentlik baholariga ko‘ra, Bank operatsion ko‘rsatkichlarini bundan buyon ham barqaror ushlab turadi. 2025-yil yakuniga ko‘ra Bankning sof foydasi qariyb 20 foizga oshdi, o‘rtacha xususiy kapital rentabelligi (ROAE) esa 30 foizga yaqinlashdi.

«Ijobiy» prognoz Bank reytingi yaqin 12 oy ichida oshirilishi mumkinligini bildiradi. Buning uchun quyidagi shartlar bajarilishi lozim:
— Bank foydasi o‘sishda davom etishi;
— Aktivlar sifati bozor o‘rtachasidan ancha yuqori darajada saqlanishi;
— «S&P Global Reytings» hisoblab chiqadigan riskka moslangan kapital koeffitsienti (RAC) 10 foizdan yuqori bo‘lib qolishi.

Reyting tasdiqlangan sana - 25.08.2026 y.

Oxirgi yangilanish sanasi: 27.08.2026