Sifat sohasidagi siyosat

Chet el kapitali ishtirokidagi «HAMKORBANK» ATB O'zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda va 25 yildan ortiq vaqt davomida Respublikaning barcha ma'muriy hududlarini qamrab olgan keng filiallar tarmog'ini shakllantirdi.


Bankimizning raqobatbardoshliligini oshirish, iste'molchilar talablari va umidlarini maksimal darajada qoniqtirish maqsadida rahbariyat ISO 9001:2015 xalqaro standarti bo'yicha Sifat Menejmenti Tizimini ishlab chiqish va joriy etishdek strategik qarorni qabul qildi.


Bank istiqbollari:
«HAMKORBANK» ATB mijozlarga sifatli xizmat ko'rsatishda eng yaxshi banklardan biriga aylanishga intiladi, bank biznesini baraqaror ravishda rivojlantiradi, mijozlar, sheriklar va barcha manfaatdor shaxslar bilan birgalikda o'z oilasi va butun mamlakat foydasiga takomillashib borishga intiladi.


Bank missiyasi:

Ishonchli hamkor sifatida yuqori sifatli va texnologik bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etish yo'li bilan mijozlar ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish.

Bank qadriyatlari:
icon-01.png
Mijozlarga
mo'ljallanganlik
icon-02.png
Jamoada
ishlash
icon-03.png
Ishonchlilik va
mas'uliyat
Bankimiz strategik rivojlanishining asosiy maqsad va birinchi galdagi vazifalari quyidagilar bo'lib hisoblanadi:
  • Chakana biznesni rivojlantirish va kengaytirish;
  • Valyuta amaliyotlari hajmi va ulushini oshirish;
  • Bank aktiv operatsiyalarini samaradorligini oshirish;
  • Biznesni avtomatlashtirish. Bank biznes jarayonlarining avtomatlashtirish darajasini oshirish;
  • Sarf-xarajatlarni optimallashtirish. Operatsion xarajatlarni tizimli tarzda boshqarish.
«HAMKORBANK» ATB rahbariyati o'z tomonidan quyidagi majburiyatlarni o'z zimmasiga oladi:
  • Faoliyat qonuniyligi va etika qoidalariga sodiqlikka rioya etish. Bankning asosiy qadriyatlari ochiq va halol mehnatga, shuningdek, jamoviy mehnat va hamkorlik natijasida mijozlarga sifatli xizmatlarni taqdim etishga asoslangan. Mijozlar bilan kayta aloqa - rivojlanishimiz va o'z-o'zimizni takomillashtirishning ajralmas qismi bo'lib hisoblanadi. Mijozlarning mehnatimiz haqidagi fikrlarini juda qadrlaymiz va ularga katta e'tibor bilan munosabatda bo'lamiz. Chunki bunday yondashuv mahsulotlarimiz va xizmatlarimiz sifatini oshiradi va xizmatlarimizga sodiqlikni saqlab qoladi;
  • Xavfsiz va ishonchli mehnat muhitini ta'minlashga, sheriklarimiz va xodimlarimizning shaxsiy axborotini himoya va hurmat qilishga, shuningdek, zarur bo'lganda yordamni taklif etishga intilish. Xodimlarimizga mehnati uchun munosib haq to'lanishini va karerasini rivojlantirish uchun shaxsiy samaradorligini baholash natijalariga muvofiq teng imkoniyatlar taqdim etilishini kafolatlaymiz. Xodimlarning ijtimoiy ta'minlanganlik darajasini oshirish maqsadida biz muntazam ravishda korporativ imtiyozlar va engilliklar tizimini rivojlantirib boryapmiz;
  • Kasbiy, liderlik va boshqaruv kompetentsiyalariga o'qitish va ularni rivojlantirish uchun imkoniyatlarni taqdim etish. Doimiy rivojlanish - bu muvaffaqiyatimizning zarur shartidir, shuning uchun biz xodimlarning kasbiy va shaxsiy o'sishiga katta e'tiborni qaratamiz;
  • Korxonaning barcha xodimlari tomonidan ISO 9001:2015 xalqaro standarti talablari, qonunchilik talablari va iste'molchi tomonidan o'rnatilgan talablarni tushunish va bajarilishini ta'minlash;
  • Sifat menejementi tizimi faoliyat ko'rsatishini har yillik asosda tahlil qilish va tahlil natijalari bo'yicha uning samaradorligini oshirish, faoliyatni yaxshilashga qaratilgan yangi maqsad va vazifalarni qo'yish.

HAMKOR MOBILEO'z mablag'ingiz ustida
nazorat qulayligi

HAMKOR MOBILEBir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni
boshqarish

HAMKOR MOBILEOmonatlarni onlayn tarzda
rasmiylashtirish

HAMKOR MOBILETo’lovlarni uyingizdan
chiqmasdan amalga oshiring.