mc.yandex.ruyandex

Savol-javob

  • Valyuta ayirboshlash shoxobchalariga ayirboshlash mumkin boʻlgan xorijiy valyuta turlari

Bankimizning valyuta ayirboshlash shoxobchalarida mijozlar AQSH dollari, Rossiya rubli, Qozogʻiston tengesi, Yevro, Shveysariya franki va funt-sterlinglarni milliy valyutaga ayirboshlashi mumkin.

 

  • Xorijiy valutani harid qilish

Jismoniy shaxs-rezident xorijiy valyutani faqatgina naqdsiz shaklda konversion kartaga xarid qilishi mumkin, ushbu amaliyotni mijoz bank konversiya bo’limlari yoki Hamkor Mobile ilovasi orqali amalga oshirishi mumkin. Konversion kartadagi mablag’larni mijoz bankomat yoki terminal orqali naqdlashtirishi mumkin.

  • SMS-xabarnoma xizmatini ulash

Milliy valyutadagi plastik kartasi uchun sms-xabarnomani infokiosk orqali ulash mumkin. Agar ilgari sms-xabarnoma ulangan boʻlib, siz uni boshqa telefon raqamiga bogʻlamoqchi boʻlsangiz, siz avval uni eski telefon raqamidan oʻchirib, yangi telefon raqamiga bogʻlashingiz lozim.

 

  • Kartani rasmiylashtirish

Milliy valyutadagi kartani bank filiallarida yoki bankning rasmiy www.hamkorbank.uz saytida rasmiylashtirish mumkin. Kartani rasmiylashtirishda shaxsni tasdiqlovchi hujjatni va kartani rasmiylashtirish uchun arizani taqdim etish lozim.

 

  • Plastik kartaning PIN-kodini o'rnatish.

Siz yangi plastik karta uchun PIN-kodni do'kon yoki boshqa savdo nuqtalarida o'rnatilgan to'lov terminallar orqali o'rnatishingiz mumkin.

  • Kartani rasmiylashtirish

Xorijiy valyutadagi kartani bank filiallarida yoki bankning rasmiy www.hamkorbank.uz saytida rasmiylashtirish mumkin. Kartani rasmiylashtirishda shaxsni tasdiqlovchi hujjatni va kartani rasmiylashtirish uchun arizani taqdim etish lozim.

 

  • Visa kartalari uchun internet toʻlovlari funksiyasini ulash

Internet toʻlovlari funksiyasini mijoz arizasi asosida bank filialida yoki Hamkor Mobile ilovasi orqali masofadan turib ulashi mumkin. Mazkur funksiyani ilova orqali ulash uchun avval roʻyxatdan oʻtib, kartani Hamkor Mobile ilovasiga bogʻlab qoʻyish lozim. Internet toʻlovlari funksiyasi kartangizga ulangan yoki ulanmaganligini bankning aloqa markazi 0 800 1 200 200 telefon raqami orqali bogʻlangan holda bilib olish mumkin.


  • CVV kod

CVV kod – bu kartaning orqa tomonida keltirilgan uch xonali koddir. Odatda ushbu kod kartaning orqa tomonida keltirilgan yettita raqamning oxirgi uchtasidan iborat boʻladi.

 

  • Konversion kartalar

Bular bankning konversion boʻlimlari orqali yoki “Onlayn konversiya” xizmati yordamida Hamkor Mobile ilovasi orqali milliy valyutada toʻldiriladigan xalqaro plastik kartalaridir.


  • Visa Virtual – xalqaro virtual karta

Bu - darhol rasmiylashtiriladigan virtual karta boʻlib, internet xaridlarini amalga oshirish uchun moʻljallangan. Kartani rasmiylashtirish Hamkor Mobile ilovasi orqali va "Hamkorbank" ATB tomonidan chiqarilgan milliy valyutadagi plastik kartasi mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.


  • Oddiy Visa kartasi va Visa payWave o'rtasidagi farq nima?

Kontaktsiz to'lov texnologiyasiga ega bo'lgan Visa payWave egalari oddiy Visa kartalaridan farqi shundaki, terminalar orqali kontaktsiz xaridlar uchun to'lovni amalga oshirish imkoniyatini beradi. Visa payWave kartalarida o'ziga xos belgi bor, belgi bu kartani kontaktsiz to'lovlarni amalga oshirish uchun mos ekanligini ko'rsatadi.


  • Bank filiallarida Visa Virtual hisobimni to'ldirish mumkinmi?

Visa Virtual kartasini barcha bank filiallarida naqd pul bilan to'ldirish mumkin.


  • Hamkorbankdan Visa kartasiga chet el banki tomonidan chiqarilgan Visa kartasidan pul mablag'larini qanday o'tkazish mumkin?

Siz chet el banki tomonidan chiqarilgan Visa kartasidan pul mablag'larini SWIFT pul o’tkazmasi orqali yoki ushbu operatsiyani amalga oshirishga imkonini beruvchi xorijiy banklarning mobil dasturlaridan foydalangan holda Hamkorbank Visa kartasiga o'tkazishingiz mumkin.

  • Omonatni rasmiylashtirish

“Hamkorbank” ATBga omonatni quyidagi ikki usulda: chakana savdo boʻlimi menejeriga murojaat etgan holda bank filiallarida yoki Hamkor Mobile ilovasi orqali (“Onlayn omonat” xizmati yordamida) “Hamkorbank” ATB tomonidan chiqarilgan milliy valyutadagi plastik kartasi mavjud boʻlganda rasmiylashtirish mumkin.


  • Omonatni rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlar

“Hamkorbank” ATB boʻlimlarida omonatni rasmiylashtirishda shaxsni tasdiqlovchi hujjat va omonatni rasmiylashtirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarning eng kam summasi talab etiladi.

  • Mikroqarzni qanday rasmiylashtirish mumkin

Mikroqarzni rasmiylashtirish uchun kredit menejeriga murojaat etish, kreditni rasmiylashtirishga ariza yozish va bank tomonidan talab etiladigan barcha zarur hujjatlarni taqdim etish lozim.


  • Mikroqarzni rasmiylashtirish uchun talab etiladigan hujjatlar

Mikroqarzni rasmiylashtirish uchun ariza, shaxsni tasdiqlovchi hujjat, daromad toʻgʻrisida maʼlumotnoma, STIR, SHJBPH va taʼminot boʻyicha hujjatlar (garov, uchinchi shaxslarning kafilligi) talab etiladi.

  • Mobil bankingga qanday ulanish mumkin

Mobil banking tizimiga ulanish uchun Hamkor Mobile ilovasini yuklab olib, oʻz plastik kartasini bogʻlagan holda roʻyxatdan oʻtish lozim.

Ilovani yuklab olish uchun havolalar:

Android:  https://goo.gl/AZNov5

iOs:  https://goo.gl/tRufQE


  • “Hamkorbank” ATB tomonidan chiqarilmagan, boshqa banklar kartalarini mobil ilovasiga bogʻlash mumkinmi?

Hamkor Mobile ilovasiga har qanday banklar kartalarini ulash mumkin.

 

  • Hamkor Mobile ilovasi yordamida qanday funksiyalarni bajarish mumkin?

Hamkor Mobile ilovasi yordamida 30 turdan ortiq toʻlovlar va amaliyotlar amalga oshirish mumkin. Ularga mablagʻlarni kartadan kartaga oʻtkazish, kreditlarni so’ndirish, soliqlarni toʻlash, byudjet toʻlovlarini toʻlash, onlayn konversiya, omonatlarni rasmiylashtirish, milliy va xorijiy valyuta kartalaridagi xarajatlarni monitoring qilish kiradi.


  • Onlayn konversiya

Hamkor Mobile ilovasida jismoniy shaxslar - “Hamkorbank” ATB tomonidan chiqarilgan milliy va xorijiy valyutadagi kartalar saqlovchilari konversion operatsiyalar orqali xorijiy valyutani xarid qilish imkoniyatiga ega.


  • Onlayn omonatlar

Onlayn omonatlarni rasmiylashtirishni faqat Hamkorbank plastik kartalari saqlovchilari amalga oshirishi mumkin. Onlayn omonatlarni rasmiylashtirish mijozning (22616) mobil hisobvaragʻidan amalga oshiriladi.


  • Onlayn omonat qanday rasmiylashtiriladi?

Hamkor Mobile ilovasida onlayn omonat rasmiylashtirish uchun quyidagilarni amalga oshirishingiz kerak: ilovaning asosiy oynasida "onlayn omonat" ikonkasini bosing, so'ng sizga maqbul bo’lgan omonatni tanlang, omonat miqdorini kiriting, omonat shartlari bilan tanishishingizga ishonch hosil qilib “omonat ochish” tugmachasini bosing. “Onlayn omonat”larni o'zingizga qulay bo’lgan plastik karta yordamida rasmiylashtirishingiz mumkin.


  • Agar foydalanuvchi Hamkor Mobile parolini yoki logindi unutgan bo'lsa, nima qilish kerak?

Xavfsizlik nuqtai nazaridan Hamkor Mobile ilovasi uchun login va parolni tiklab bo'lmaydi. Ma'lumotni tiklash uchun qayta ro'yxatdan o'tishingiz kerak.


  • Hamkor Mobile ilovasi orqali Visa kartalariga qanday xizmatlarni ulashim mumkin?

Hamkor Mobile ilovasida Hamkorbank Visa kartalariga internet orqali to'lovlarni amalga oshirish xizmatini, shuningdek 3D Secure xavfsiz to'lovlar xizmatini ulashingiz mumkin.


  • Hamkor Mobile ilovasida plastik karta qanday ro'yxatdan o'tkaziladi?

Hamkor Mobile ilovasida karta rasmiylashtirilgandan keyin, aktivlashtirib, SMS-habarnoma xizmatini ulagandan so’ng ro’yxatdan o’tkazish mumkin. Kartani ro'yxatdan o'tkazish uchun siz avval Hamkor Mobile ilovasini yuklab olishingiz va uni telefoningizga o'rnatishingiz keran bo’ladi, so'ngra dasturni ishga tushirib ro'yxatdan o'tish uchun kerakli ma'lumotlarni kiritishingiz va ishonchli login va parolni yaratishingiz kerak. Ro’yhatdan o'tish bo’yicha batafsil ma’lumotni havoladan utib ko’rishingiz mumkin: https://hamkorbank.uz/uz/physical/mobile-banking/

  • Bank xizmatlaridan qaysi kunlarda foydalanish mumkin?

Bayram kunlaridan tashqari haftaning dushanbadan juma kunigacha foydalanishingiz mumkin. Shanba kunlari barcha valyuta ayirboshlash shaxobchalari va xalqaro pul o'tkazmalaridan tegishli vaqt ichida foydalanish mumkin. Yakshanba kunlari faqat navbatchi valyuta ayirboshlash shaxobchalari faoliyat ko’rsatishadi.


  • 24/7 elektron ofislarida qanday xizmatlar mavjud?

24/7 elektron ofislarida uyali aloqa operatorlari, Internet-provayderlar, bolalar bog'chasi va oliygohlarga to'lov, budjet to’lovlari, biometrik va xorijga chiqish pasportlari uchun boji tolo’vi, jarima va soliq to’lovlari, YHXB jarima to’lovlari va boshqa to’lovlarni amalga oshirish mumkin. Undan tashqari har bir 24/7 elektron ofisi bankomat, internet banking kiosk va infokioskalar bilan ta’minlangan.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play