mc.yandex.ruyandex

Biznes-overdraft

Oxirgi yangilanish sanasi: 22.02.2024

Kreditlash shartlari

  • Kredit maqsadi Mijozlarning vaqtinchalik, qisqa muddatda pul mablag‘lariga ehtiyojlarini qondirish. Jumladan, xom-ashyo, tayyor mahsulotlar sotib olish, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun, kommunal, ijara, ish haqi, muddatli soliq to‘lovlarini amalga oshirish.
  • Qarz oluvchilarga talablar 1. Salbiy kredit tarixiga ega bo‘lmaslik
    2. Hisobvarag‘i orqali kamida so‘nggi 12 oy davomida pul tushumlari amalga oshirilgan bo‘lishi
  • Kreditdan foydalanish mumkin bo‘lmagan maqsadlar 1. Bank oldidagi mavjud qarzdorlikni to‘lash
    2. Boshqa shaxslarga qarz mablag‘ini taqdim qilish yoki to‘lash
    3. Qimmatli qog‘ozlar, aksiyalar sotib olish
    4. Dividend to‘lovlarini amalga oshirish
    5. Ish haqidan boshqa maqsadlarda hisobvaraqdan naqd pul ko‘rinishida chiqim qilib olish
    6. Yuridik shaxslar ustav fondiga ulush sifatida kiritish
    7. Sement, ko‘mir, omuxta yem, un va yog‘ mahsulotlari, salqin ichimliklar ulgurji savdosi hamda qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi subpudratchi korxonalarni faoliyatini moliyalashtirish. (Istisno tariqasida faqat transport vositalari, maxsus texnika va ko‘chmas mulk garov ta’minoti asosida ajratilishi mumkin).
  • Kreditdan foydalanish tartibi Kredit mablag‘lari qarz oluvchining to‘lov topshiriqnomasiga asosan ssuda hisobvarag‘idan mijozning talab qilib olinguncha hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.
  • Miqdori 100 mln so‘mdan 5 mlrd so‘mgacha.
  • Muddati 3 oy
  • Foizi Shartnomaga asosan*
  • Taqdim qilinishi mumkin bo‘lgan ta’minot turlari 1. Mol-mulk
    2. Kredit siyosati talablari asosida boshqa ta'minot turlari
    3. Sug'urta polisi

* Kredit mablag‘lari xorijiy kredit liniya hisobidan ajratilishi sababli 1% bir marotabalik komission to‘lovi mavjud

1. Ariza-buyurtmanoma
2. Vakolatli boshqaruv organining kredit olish uchun roziligi;
3. Taʼminot bilan bogʻliq hujjatlar;
4. Qarz oluvchining oxirgi hisobot sanasiga taqdim qilingan yillik moliyaviy hisobotlari (buxgalteriya balansi hamda moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisoboti);
5. Asosiy hisob varagʻi va aylanmasi boshqa bankda joylashgan mijozlarga, kredit shartnomasi imzolanishidan oldin asosiy hisobvaragʻi va aylanmalarini “Hamkorbank” ATBga olib oʻtish sharti bilan koʻrib chiqilayotgan loyihalar uchun qarz oluvchining boshqa bankdagi oxirgi 24 oylik tasdiqlangan bank hisobvaragʻi aylanmasi.

Oylik o'rtacha hisob raqam aylanmasiga teng miqdorda tezkor kredit

Oddiy yoki annuitet toʻlov usulida oylik grafik boʻyicha jami kredit toʻlovi qarz oluvchining bir oylik oʻrtacha aylanmasining 33 foizidan ortmagan miqdorda belgilanishi mumkin.

  1. Kredit liniyasi taqdim qilish sanasiga qarz oluvchining bank hamda davlat byudjeti va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar oldida muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi kerak
  2. Kredit summasi miqdorini aniqlashda qarz oluvchining bank hisobvarag‘iga qarz oluvchi faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan, moliyaviy yordamining, moliyaviy yordam qaytarilishi, ikkilamchi hisobvarag‘dan o‘tkazmalar kabi kelib tushgan mablag‘lar inobatga olinmaydi
  3. Ushbu mahsulot bo'yicha kredit mavjud bo‘lgan holatda mahsulot bo‘yicha keyingi kredit ajratishga ruxsat berilmaydi.

Kreditni rasmiylashtirish

Kredit olish uchun Sizga qulay bo’lgan bank bo’limiga murajaat qiling.
Qo’shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin:

0-800-1-200-200 O'zbekiston bo'yicha qo'ng'iroqlar bepul




O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play