Sotuvchi faktoring xizmati

Debitorlik qarzdorligini kutmasdan — pulni hoziroq oling

Sotuvchi faktoring xizmati
90 kungacha

Faktoring muddati

30 kunga 2%dan

Diskont stavkasi

so’m (milliy)

Ajratish valyutasi

ochiq, regress huquqi bilan

Faktoring turi

Afzalliklari

Tezkor moliyalashtirish
Hisob-faktura tasdiqlansa, mablag‘ diskont bilan darhol depozitga o‘tadi
Barcha biznes turlari uchun
Yuridik shaxslar va YTTlar foydalanishi mumkin
Ochiq faktoring
Qarzdor xabardor qilinadi, to‘lov majburiyati Mijoz va Qarzdorga yuklanadi
Raqamli platforma
Hisob-fakturalar O‘z Planet va boshqa platformalar orqali onlayn qabul qilinadi

Kreditni hisoblash

Kredit miqdori
0
Jami oylik to‘lov
0
Yillik foiz stavkasi
Kreditning to‘liq qiymati
0
Sizga kerak bo‘ladi

Faktoring qanday ishlaydi?

Kredit haqida batafsil

Mahsulot maqsadi

Mijoz tomonidan yetkazib berilgan mahsulot, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun Qarzdordan to‘lovni talab qilish huquqini olish maqsadida faktoring xizmatini ko‘rsatish

Faktoring turi

Ochiq turdagi regress huquqi bilan ichki faktoring

Foydalanuvchilar

Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari

Muddat

Faktoring shartnomasi tuzilgan kundan 90 kungacha (kontrakt bo‘yicha to‘lov muddatidan qat’iy nazar)

Ajratish valyutasi

Milliy valyuta — So‘m

Muddatdan avval so‘ndirish

Mumkin — muddatdan 15 kun oldin so‘ndirilsa, diskont qayta hisoblanadi

So‘ndirish tartibi

Kelishuvga asosan oraliq yoki muddat oxiriga bir martalik to‘lov

Kim so‘ndirishi mumkin

To‘g‘ridan-to‘g‘ri Xaridor yoki Mijoz tomonidan

Ta’minot

Kamida 26% ulushga ega rezident ta’sischi(lar)ning kafilligi. 300 mln so‘mdan yuqori loyihalarda faktoring qaytmaslik xatari sug‘urta polisi ham talab qilinishi mumkin

Muddatidan oldin so‘ndirish

Muddatdan kamida 15 kun avval to‘liq so‘ndirilsa, diskont qayta hisoblab chiqilishi mumkin. Minimal hisoblash muddati — 30 kun

Hujjatlar
  • Buyurtmanoma
  • Ta’sis hujjatlari
  • Faoliyatini amalga oshirishga ruxsat hujjatlari
  • Faoliyat joyi kadastr hujjatlari yoki ijara shartnomasi
  • Yuridik shaxs bo‘lgan Mijozning oxirgi hisobot sanasiga taqdim qilingan moliyaviy hisobotlari: buxgalteriya balansi (F-1) hamda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (F-2)
  • Boshqa bankda aylanmasi bo‘lganda oxirgi 12 oylik tasdiqlangan bank hisobvarag‘aylanmasi, shu jumladan «xls» shaklda
  • Faktoring hisobidan moliyalashtiriladigan kontrakt va ushbu kontrakt doirasida Mijoz tomonidan majburiyatlari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxalari (hisob-faktura, bajarilgan ish qabul qilish dalolatnomasi va b.)
  • Moliyalashtirilishi so‘ralayotgan hisob-faktura bo‘yicha solishtirma dalolatnoma (hisob raqam aylanmasidan hisob-faktura bo‘yicha qolgan qarzdorlikni o’rganish mumkin bo‘lsa, talab etilmaydi)
  • Korxona ta’sischilari qarori (ustaviga asosan talab etilsa)
  • Qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa hujjatlar
Faktoring quyidagi hollarda ajratilmaydi:
  • Salbiy kredit tarixi mavjud bo‘lsa
  • Oxirgi bir yilda asosiy ta’sischilari o‘zgargan bo‘lsa (yaqin qarindoshlar qo‘shilishi, 50% dan kam ulushli ta’sischi chiqib ketishi, likvid garov olinganda va boshqa istisnolar mavjud)
  • Mijozning kredit/faktoring, kartoteka-2 bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi yoki aloqadorlarning joriy muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lsa
  • Kartoteka-2 ta’sir qilmaydigan maxsus hisob raqamlarida bank aylanmalari amalga oshirilsa
  • So‘nggi moliyaviy hisobotga asosan nolikvid balansga ega bo‘lgan va zarar ko‘rib ishlagan bo‘lsa
  • Faktoring so‘ralayotgan kontrakt bo‘yicha Qarzdor Mijoz bilan 6 oydan kam ishlagan bo‘lsa
  • «Hamkorbank» ATBda ochilgan hisobvarag‘i orqali so‘nggi 12 oy davomida doimiy pul tushumlari amalga oshirilmagan bo‘lsa
  • Qarzdorlik qurilish-ta'mirlash ishlari bo‘yicha yuzaga kelgan bo‘lsa
  • Kontraktda Qarzdor tomonidan to‘lov qilish uchun «Hamkorbank» ATBdagi hisob raqam ko‘rsatilmagan bo‘lsa
Shuningdek, faktoring quyidagi hollarda xizmat qilinmaydi:
  • Ish (xizmat)lar uchun bosqichma-bosqich yoki oldindan bo‘nak (avans) asosida to‘lovlarga
  • Kompensatsiya va barter bitimlari bo‘yicha
  • Kontrakt shartlariga ko‘ra to‘lov muddati o‘tgan hisob-fakturalar bo‘yicha
  • Komitent (prinsipal) nomidan vositachi (agent) tomonidan tuzilgan kontraktlardan kelib chiqqan talablar bo‘yicha
  • Aloqadorlar o‘rtasida tuzilgan kontraktlar bo‘yicha

Biznes kreditini oling

1
Ariza qoldiring

Ariza qoldirganingizdan so‘ng, operator siz bilan bog‘lanadi

2
Konsultatsiya oling

Mahsulot va hujjatlar bo‘yicha konsultatsiya beramiz, uchrashuv joyi va vaqtini kelishib olamiz

3
Hujjatlarni tayyorlang

Bank ofisiga tashrif buyuring

4
Qarorni oling

Hujjatlarni topshirgandan so‘ng, natijani bilib oling

34 yil

Bozorda

50 000 dan ortiq

Faol biznes-mijozlar

17 yil

Xalqaro bozorda

Hamkor for Business
ilovasi

Qayerda bo‘lishingizdan qat’i nazar, biznesingiz doimo nazoratda

Bank xizmatlariga tezkor kirish uchun QR-kodni skanerlash
Mobil bank
Bank xizmatlariga tezkor kirish uchun QR-kodni skanerlash
Hamkor for Businessilovasi Hamkor for Businessilovasi

Shuningdek tanishing

Savdo terminali
Tovarlar yoki xizmatlar to‘lovi uchun bank kartalarini qabul qiling
Biznesingizning ishonchli starti
Hisob ochamiz va soliq idorasi bilan muloqotni soddalashtiramiz
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026