Biznes uchun
/
Moliyalashtirish
/
Ekspert kengashi tarkibi

Ekspert kengashi tarkibi

Islomiy bank mahsulotlarini sotishni tashkil etish bo‘yicha
Bank Ekspertlar kengashi Raisi

Muhammad Ibrohim Essa

Islomiy bank ishi va takaful sohasi bo‘yicha taniqli shariat olimi. Karaçi shahrida joylashgan Jomi Dorul Ulum «Darse Nizami» va «Takhassus Fil Ifta» (Islomiy huquq sohasi bo‘yicha mutaxassislik) ni tamomlagan. Hozirda Dorul Ifto Jomiya Dorul Ulum Karachi o‘qituvchisi va a’zosi bo‘lib, turli mavzularda uch mingdan ortiq fatvolar yozgan. U, shuningdek, Habib Metropolitan Bank Limited va Khyber Bankdagi Shariat kengashi raisi, shuningdek, Zarai Taraqqiyot banki shariat kengashi a’zosi hisoblanadi. U milliy va xalqaro islomiy moliya institutlari, jumladan, Equitable Financial Solutions (Avstraliya), Shariah Scholar (Bahrayn), Shahid Afridi (Pokiston), Ethica Islomiy Moliya Instituti (AQSh), Artium Underwriters (London, Angliya), Efu Life Assurance Ltd, Efu General Insurance Ltd va boshqalar shariat maslahatchisi hisoblanadi.

Bank Ekspertlar kengashi a’zolari

Tuychiyev Abdulmannob Jakbarovich (Abdulmannon Abdulloh domla)

Abdulmannon Abdulloh Hindistonning Devband shahridagi Darul Uloom oliy maktabida tahsil olgan. U ilmni tarqatish borasida shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Rahmatulloh alayhi va shayx Muhammad Toqiiy Usmoniy hafizahulloh tomonidan ijozat olgan. Islomiy moliya sohasida 30 yillik tajribaga ega. Islomiy moliya bo‘yicha bir qator kitoblar muallifi, o‘qish davomida 5000 dan ortiq tadbirkorlarni islomiy moliyaning asoslariga o‘rgatgan. Abdulmannon Abdulloh shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf huzurlari ostida Islom.uz portalining fiqh bo‘limi (Fiqh.uz) qonun-qoidalarini o‘n yildan ortiq boshqargan. Ular fiqh ilmi bo‘yicha yuzlab maqolalar yozganlar. Islom.uz portalida ochilgan «Savollar va javoblar» ruknida 10 000 dan ortiq savollarga javob berganlar.

Ma’murjon Rahmonberdiyevich Erkayev

Islomshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), taniqli islomshunos olim va pedagog. Toshkent islom instituti hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining magistratura va doktorantura bosqichlarini tamomlagan. Ma’murjon Erkayev diniy ta’lim tizimi va ilmiy-tadqiqot sohasida boy tajribaga ega bo‘lib, faoliyati davomida «Ko‘kaldosh» o‘rta maxsus islom bilim yurtida mudarris, ma’naviyat bo‘limi raisi hamda o‘quv ishlari bo‘yicha mudir o‘rinbosari lavozimlarida xizmat qilgan. Shuningdek, «Aqoid va fiqhiy fanlar» kafedrasi o‘qituvchisi, Toshkent islom institutida Monitoring va ichki nazorat bo‘limi hamda Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i sifatida boshqaruv tizimida faoliyat yuritgan. Hozirgi kunda Toshkent islom institutining «Ko‘kaldosh» o‘rta maxsus islom bilim yurti mudiri hisoblanadi.

Haydarov Mirodil Mirvaxidovich

Taniqli islomshunos olim va dotsent. Toshkent islom instituti, Toshkent islom universiteti hamda Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasidagi Bulg‘or islom akademiyasining doktorantura bosqichini tamomlagan. Mirodil Haydarov diniy-ma’rifiy sohada va davlat boshqaruvida salmoqli tajribaga ega bo‘lib, uzoq yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada masjidlar bilan ishlash, diniy ta’lim hamda konfessiyalar ishlari kengashi kotibiyatida bosh mutaxassis lavozimlarida faoliyat yuritgan. Shuningdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Islomshunoslik fakulteti dekani o‘rinbosari, «Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO» kafedrasi mudiri kabi rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Hozirgi kunda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining «Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi dotsenti hisoblanadi.

Sultonov Dilshod Mirkamilovich

Moliyaviy institutlarning kredit reytingini baholash sohasida 15 yillik tajribaga ega. Islomiy moliya sohasidagi xalqaro standartlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi AAOIFI tashkilotidan CSAA (Sertifikatlangan Shariat maslahatchisi va auditor) hamda CIPA (Sertifikatlangan islomiy professional buxgalter) sertifikatlarini olgan. Assoodiq Consult ekspertlar kengashi a’zosi hisoblanadi.

Bank Ekspertlar kengashi Kotibi

Axmadjonov Xusniddin Zuxritdin o’g’li

Islom moliya standartlari bo‘yicha xalqaro miqyosda sertifikatlangan mutaxassis. Bank-moliya sohasida, xususan, «Hamkorbank» ATB tizimida 8 yillik salmoqli ish tajribasiga ega. Islomiy moliya sohasidagi xalqaro standartlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi AAOIFI tashkilotining CPSS (Shariat standartlari bo‘yicha malaka sertifikati) sertifikatiga ega.

Islomiy moliyalashtirish

«Yangi» lizing
An’anaviy lizingdan farqli o‘laroq, bu yerda foizlar mavjud emas, shartnoma shartlari imkon qadar halol va shaffof
Murabaha shartnomasi bo‘yicha moliyalashtirish
Xalqaro Islom Savdo-moliya Korporatsiyasining (ITFC) Murabaha shartnomasi bo‘yicha moliyalashtirish liniyasi

Hamkor for Business ilovasi

Qayerda bo’lmasangiz ham biznesingiz har doim nazorat ostida!

Bank xizmatlariga tezkor kirish uchun QR-kodni skanerlash
Mobil bank
Bank xizmatlariga tezkor kirish uchun QR-kodni skanerlash
Hamkor for Business ilovasi Hamkor for Business ilovasi
Oxirgi yangilanish sanasi: 20.11.2026