Islomiy lizing
Oxirgi yangilanish sanasi: 05.09.2023
Lizing shartlari
- Lizing obyektlari Tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan uskunalar, yengil va og’ir transport vositalari.
- Man etilgan moliyalashtirish yo’nalishlari 1. Kazino, totalizator, lotoreya va hokazolar;
2. Mast qiluvchi ichimlik va moddalar ishlab chiqarish va ularning savdosi; 3. Choʻchqa goʻshti va xarom qilingan narsalar savdosini tashkil etishda qoʻllash koʻzda tutilgan holatlar. - Lizing muddati 13 oydan 60 oygacha
- Lizing oluvchilar va ularga qoʻyilgan talab Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan moliyaviy barqaror xoʻjalik subyektlari.
- Lizing miqdori Minimum 300 mln soʻm ekvivalenti
Maksimum 300 mlrd.soʻm ekvivalentigacha - Valyuta turi Milliy va xorijiy valyutada
- Mahsulotdan foydalanish tartibi Pul oʻtkazish yoʻli bilan
- Imtiyozli davr Imtiyozli davr berilmaydi
- Islomiy lizing daromadi (ustama haqqi) Islomiy lizing shartnomasiga asosan
- Bir marotabalik bank xizmati Olinmaydi
- Islomiy lizing toʻlovini soʻndirish tartibi Har oyda oddiy yoki annuitet shaklda, loyihadan kelib chiqib, boshqa shakllarda
- Grafik shakllantirish Lizing shartnomasi imzolanishi bilan tizimda islomiy lizing toʻlovlari grafigi shakllantiriladi. Lizing muddati davomida ushbu grafik oʻzgarishsiz qoladi
- Mijoz to'lashi kerak bo'lgan bo'nak to'lovi Kamida 30 %
- Lizing obyektini sugʻurtalash (Takoful) Lizing obyektini sugʻurtalash taraflarning kelishuviga binoan islom moliyasi tamoyillariga muvofiq sugʻurtalanadi (takoful). Bunda sugʻurta xarajatlari lizingga beruvchi zimmasida boʻladi
- Bank, lizing oluvchi va sotuvchi oʻrtasidagi shartnomalar rasmiylashtirish ketma-ketligi 1. Bank va lizing oluvchi oʻrtasida dastlabki kelishuv shartnomasi;
2. Bank va sotuvchi oʻrtasida lizingga berilishi moʻljallangan obyektni oldi-sotdi qilish shartnomasi;
3. Lizing obyektini qabul-qilish va topshirish dalolatnomasi;
4. Bank va lizing oluvchi oʻrtasida lizing shartnomasi. - Jarimalar (ehson uchun yo'naltiriladi) Mijozlar tomonidan lizing toʻlovlari boʻyicha kechikishlar boʻlganda bank tomonidan lizing shartnomasiga muvofiq jarimalar hisoblab undiriladi. Bank tomonidan hisoblab undirilgan jarimalar hayriya ishlariga sarflanadi.

Savollar va javoblar
Yoʻq, oshirilgan foiz hisoblanmaydi
Lizing grafik yuzasidan toʻlovlar hamda muddati oʻtgan kredit toʻlovi uchun hisoblangan jarimalar ehson uchun yo'naltiriladi.
Yengil transport, ogʻir texnikalar hamda usukuna(dastgox) sotib olishga
Ha muddati oʻtgan lizing toʻlovi summasiga nisbatan jarima hisoblanadi. Barcha undirilgan jarima summasi bank tomonidan ehson uchun yo'naltiriladi
Islomiy lizingga foiz hisoblanmaydi. Lekin bank oʻz daromadini foiz koʻrinishida hisoblaydi
Bank oʻz daromadini foiz koʻrinishida hisoblab lizing summasiga qoʻshib grafik asosida kelishilgan muddatlarda undirib boradi. Dastlab kelishilgan toʻlov grafigi lizing muddati davomida oʻzgarmay qoladi.
Islomiy lizingning jami summasini kamida 30% qismi mijoz tomonidan toʻlanishi kerak. Yoki shu qismiga nisbatan qoʻshimcha garov taqdim qilinishi mumkin.
Mijozning loyihadagi ulushi sifatida kamida 30% qismi mijoz tomonidan avans toʻlovi sifatida toʻlaydi.
Agar lizing summasining oldindan toʻlovi amalga oshirilmasa, lizing summasini kamida 30% qismiga garov taqdim qilinadi. Garov taʼminoti sifatida quyidagi mulklar taqdim qilinishi mumkin:
• Mol-mulk garovi;
• Kafolat xati;
• Uchinchi shaxs kafilligi.
Agar lizing summasining oldindan toʻlovi amalga oshirilmasa, lizing summasini kamida 30% qismiga garov taqdim qilinadi. Garov taʼminoti sifatida quyidagi mulklar taqdim qilinishi mumkin:
• Mol-mulk garovi;
• Kafolat xati;
• Uchinchi shaxs kafilligi.
Islomiy lizing takofil sugʻurtasida amalga oshiriladi.
Takofil sugʻurtaning bir turi boʻlib, islomiy shartlar asosida amalga oshiriladi.
Hozirda APEX INSURANCE MCHJ hamda UZARO sugʻurta kompaniyalari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Takofil sugʻurtaning bir turi boʻlib, islomiy shartlar asosida amalga oshiriladi.
Hozirda APEX INSURANCE MCHJ hamda UZARO sugʻurta kompaniyalari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Bank oʻz faoliyati davomida shaʼriy jihatdan halol boʻlgan daromadlari hisobidan olgan foyda mablagʻlari hisobidan islomiy lizingni amalga oshiradi.
Lizing grafik toʻlovlari toʻliq toʻdangandan soʻng lizing obyekti mulkni topshirish qabul qilish dalolatnomasi asosida mijoz nomiga oʻtkaziladi.
Lizing beruvchi tomonidan
1. Dastlab lizing obyektini yetkazib berish va lizingga olish yuzasidan vaʼdalashuv shartnomasi tuziladi;
2. Lizing obyekti mijozga topshirilgandan soʻng islomiy lizing shartnomasi tuziladi.
2. Lizing obyekti mijozga topshirilgandan soʻng islomiy lizing shartnomasi tuziladi.
Dastlabki vaʼdalashuv shartnomasi bu lizing beruvchi lizing obyektini lizing oluvchiga shartnomada koʻrsatilgan lizing obyektini olib berishni, lizing oluvchi vaʼdalashuv shartnomasiga asosan lizing obyektini lizing olish vaʼdasini beradi.
Lizing obyektini lizing beruvchining vakili sifatida lizing oluvchi tomonidan tanlanadi va shartnomani imzolanishini tashkillashtiradi.
Kreditni rasmiylashtirish
Kredit olish uchun Sizga qulay bo’lgan bank bo’limiga murajaat qiling. Qo’shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin:
