Qimmatli qog‘ozlar
Bu ssuda kapitallar bozorining bir qismi bo‘lib, unda qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdisi amalga oshiriladi. Bu bozor investorlar mablag‘larining iqtisodiyotning eng samarali faoliyat ko‘rsatayotgan tarmoqlariga yo‘naltirilishini ta’minlaydi.
«Hamkorbank» ATBning brokerlik idoralari «Toshkent» Respublika fond birjasida (434-sonli brokerlik idorasi) va O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasida (10 362-sonli brokerlik idorasi) akkreditatsiyadan o‘tgan.
«Toshkent» respublika fond birjasida qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdisi bo‘yicha brokerlik xizmatlari ko‘rsatishga ixtisoslashgan, qimmatli qog‘ozlar bozorida maslahat xizmatlari ko‘rsatadi, birjada va birjadan tashqari bozorda broker sifatida yuridik va jismoniy shaxslarga belgilangan tartibda xizmatlar ko‘rsatadi, shuningdek boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatadi.
Xizmatlar
- Qimmatli qog‘ozlarni «Toshkent» Respublika fond birjasi orqali birlamchi joylashtirish
- Anderrayting xizmatlari
- «Elsis-savdo"ning birjadan tashqari bitimlari bo‘yicha arizalarni qabul qilish
- Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish bo‘yicha xizmatlar
- O‘zbekiston kompaniyalarining qimmatli qog‘ozlarini (aksiyalarini, obligatsiyalarini) «Toshkent» Respublika fond birjasi orqali sotish
- Qimmatli qog‘ozlar muomalasi masalalari bo‘yicha konsalting
10 362-brokerlik idorasi O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasida tovarlar va xomashyo oldi-sotdisi bo‘yicha brokerlik xizmatlari ko‘rsatishga, shuningdek, «O‘zRTXB» savdo maydonchasida joy taqdim etishga ixtisoslashgan (403-sonli TP).
Kalsiylangan soda, kaustik soda, sement, shifer, polietilen donachalari, suyultirilgan gaz, dizel yoqilg‘isi, benzin, ko‘mir, bitum, rangli va qora metallar, mineral o‘g‘itlar, import o‘simlik va paxta moylari, xo‘jalik sovuni, margarin va boshqalar, industrial va motor moylari