Ehtiyot bo‘ling: firibgarlar dipfeyklardan foydalanmoqda!
Hurmatli mijozlar!
So‘nggi paytlarda firibgarlar neyrotarmoqlar yordamida mashhur insonlarning sohta videolarini yaratib, ularning nomidan «arzon foizli kreditlar» taklif qilayotgan holatlar ko‘paymoqda.
Firibgarlar quyidagicha harakat qilishlari mumkin:
- Sizga shaxsiy xabarlar yoki messenjerlar orqali yozish;
- Mashhur insonlarning foto yoki dipfeyk videolaridan foydalanish;
- «Maxsus kredit shartlari»ni taklif qilish;
- Kreditni rasmiylashtirishdan oldin «sug‘urta» yoki «komissiya» to‘lovini so‘rash.
Bu — firibgarlik holatlari!
Hamkorbank hech qachon oldindan sug‘urta yoki komissiya to‘lovini so‘ramaydi va kredit takliflarini shaxsiy xabarlar orqali yubormaydi.
Ma’lumotni faqat bankning rasmiy manbalari orqali tekshiring:
Sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Kontakt-markazi: 1256
Agar siz shubhali xabar olgan bo‘lsangiz — pul o‘tkazmang va shaxsiy ma’lumotlaringizni hech kimga bermang!
O‘zingizni va mablag‘laringizni Hamkorbank bilan himoya qiling.