Ijtimoiy tarmoq sahifalarida «Sizga kredit chiqaramiz» deyishyaptimi? Bu — firibgarlik belgisi!
So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini «vositachi» sifatida tanishtirib, go‘yoki oson va tez kredit chiqarib berishni va’da qilayotgan sahifalar ko‘paymoqda. Ular turli reklama, sohta skrinshot va yolg‘on va’dalar orqali ishonch qozonishga harakat qiladi.
Eslab qoling:
- Bank kreditni uchinchi shaxslar orqali rasmiylashtirmaydi;
- Hech kimga karta ma’lumotlari, SMS-kod yoki shaxsiy ma’lumotlaringizni bermang;
- «Oldindan to‘lov» talab qilinishi — firibgarlik demakdir.
Hamkorbank barcha xizmatlarni faqat rasmiy ofislar, vakolatli xodimlar (bank agentlari), rasmiy sayt va mobil ilova orqali taqdim etadi.
Shubhali holatlarga duch kelsangiz, darhol bankka murojaat qiling. Moliyaviy xavfsizligingiz — o‘z qo‘lingizda!