Matbuot markazi
/
Mijozlar xavfsizligi
/
Mijozlar diqqatiga: moliyaviy xavfsizligingizni qanday ta’minlash kerak?

Mijozlar diqqatiga: moliyaviy xavfsizligingizni qanday ta’minlash kerak?

09.02.2026
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

So‘nggi paytlarda firibgarlar turli jinoiy usullar orqali fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritishnoqda. Shu bois, moliyaviy xavfsizligingizga alohida e’tibor qaratishingizni so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz:

  • Bank xodimlari hech qachon telefon yoki sms orqali karta raqamingizni, PIN-kod, SMS-kod, login yoki parollaringizni so‘ramaydi;
  • Shubhali qo‘ng‘iroqlar, xabarlar va havolalarga ishonmang;
  • Shaxsiy va bank ma’lumotlaringizni uchinchi shaxslarga aslo oshkor etmang.


Agar sizga shubhali murojaat kelib tushsa, darhol bankimiz rasmiy aloqa kanallari orqali bog‘laning.

Sizning moliyaviy xavfsizligingiz — bizning ustuvor vazifamiz.

Oxirgi yangilanish sanasi: 31.07.2026