Telefon firibgarlarini qanday aniqlash mumkin: ushbu ma’lumotlarni hech qachon bermang
24.03.2026
1 daqiqa
Agar sizdan telefon orqali:
- karta raqami;
- amal qilish muddati;
- SMS kod;
- parol
so‘ralayotgan bo‘lsa, bilingki — bu firibgarlik bo‘lishi mumkin.
Suhbatni darhol to‘xtating va bankning rasmiy raqamiga murojaat qiling. Firibgarlar sizni shoshiltiradi, qo‘rqitadi yoki aldaydi. Ularning asosiy maqsadi — karta ma’lumotlaringiz va SMS kodni qo‘lga kiritish.
Hech qachon bu ma’lumotlarni begonalarga bermang. Hushyor bo‘ling va mablag‘laringizni himoya qiling.