
Hurmatli mijozlar!
14 / 10 / 2025So‘nggi paytlarda firibgarlar turli tashkilotlar, shu jumladan, banklar nomidan virusli havolalar va .apk formatdagi fayllar (Android qurilmalari uchun o‘rnatish fayllari) yuborilayotgan holatlar ko‘p uchramoqda. Agar siz ushbu havolalarga kirsangiz yoki fayllarni o‘rnatsangiz, firibgarlar shaxsiy ma’lumotlaringizga kirish huquqiga ega bo‘lib, kartangizdagi mablag‘larni yechib olishlari mumkin.Iltimos, kiber-gigiyena qoidalariga amal qiling:
- Shubhali havolalarni bosmang;
- Dasturlarni faqat ishonchli manbalardan o‘rnating;
- Kartangiz ma’lumotlari yoki tasdiqlovchi kodlarni hech kimga bermang.
Agar firibgarlik qurboni bo‘lgan bo‘lsangiz — darhol kartangizni bloklang va bank bilan rasmiy kanallar orqali bog‘laning.
Kontakt markazi: 1256





