Nima sababdan bank sizga kredit ajratishni rad etishi mumkin?
23 / 11 / 2023Bankka kredit olish uchun murojaat qilganingizda, bank sizning kredit tarixingiz, to‘lov qobiliyatingiz va qarz yuki indeksidan iborat turli omillarni hisobga oladi. Bu yerda, muhim ko‘rsatkichlardan biri — qarz yuki.Qarz yuki nima?
Bu o‘rtacha oylik to‘lov majburiyatlaringizning o‘rtacha oylik daromadingizga nisbati. Masalan, agar sizning daromadingiz 5 million so‘m bo‘lsa va oylik kredit to‘lov miqdori 4 million so‘m bo‘lsa, sizning qarz yukingiz 80%ni tashkil etadi.
Nima sababdan bu muhim?
Banklar tavakkalchiliklarni baholash uchun ushbu ko‘rsatkichga asoslanadi. Qarz yuki qanchalik yuqori bo‘lsa, kreditni to‘lashda qiyinchiliklar paydo bo‘lish ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi.
Qarz yuki ko‘rsatkichi 50%dan oshmasligi qonun bilan belgilangan. Shu bilan birga, ipoteka kreditlari, avtokredit va iste'mol kreditlari uchun bankning ichki siyosatidan kelib chiqib, boshqa qoidalar belgilanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, mablag‘laringizni to‘g‘ri boshqarish muvaffaqiyatli kredit rasmiylashtirishning oson va qulay yechimi hisoblanadi.