Kredit skoringi: Muhimligi nimada?!
03 / 10 / 2023Kredit skoringi — bu sizning kreditni to‘lash qobiliyatingizni baholash tizimi bo‘lib, 500 balli tizimda ball berish bilan tavsiflanadi. Sizga berilgan ballar muddati o‘tgan qarzning mavjudligi yoki yo‘qligiga, shuningdek, daromad, faoliyat turi, yoshi, oilaviy ahvoli va boshqalar kabi omillarga bog‘liq.Kredit skoringi uchun quyidagilar muhim ahamiyatga ega:
- Banklarning kredit berish to‘g‘risidagi qarori;
- Kredit olish uchun arizangizni tasdiqlash.
Sizning kredit balingiz past bo‘lishi mumkin, agar:
— Sizda kechiktirilgan to‘lovlar, katta qarz yuki yoki salbiy kredit tarixi bor.
Kredit balingiz yuqori bo‘lishi mumkin, agar:
— Siz har doim kreditlarni o‘z vaqtida to‘lagan, uzoq muddatli ijobiy kredit tarixiga ega va moliyaviy javobgarligingizni tasdiqlagan bo‘lsangiz.
Kredit skoring bali, kredit tarixini bilish hamda tekshirish sizga eng yaxshi moliyaviy imkoniyatlarga ega bo‘lishga yordam beradi!