Mahalla bankiri - moliyaviy tayanch | Moliyaviy savodxonlik | Hamkorbank
MAHALLA BANKIRI —MOLIYAVIY TAYANCH

MAHALLA BANKIRI —MOLIYAVIY TAYANCH

09 / 07 / 2025

Aholiga bank xizmatlarini yetkazib berishda zamon talabi shunchaki bank ofisida kutish emas, balki bevosita inson yashaydigan hududga — mahallaga borib, ehtiyojni o‘rganish va yechim taklif etishni taqozo etmoqda. Shu ma’noda Markaziy bank tashabbusi bilan joriy etilgan “Mahalla bankiri” instituti moliyaviy xizmatlar sohasida yangi davrni boshlab berdi.

“Mahalla bankiri” — bu oddiy bank xodimi emas. U — mahalla hayotidan yaxshi xabardor, odamlarning dardi va istagini anglydigan, ularning moliyaviy holatiga mos takliflarni bera oladigan mutaxassisdir. Asosiysi, u insonni qabul qilishni emas, inson oldiga borishni, xizmat ko‘rsatishni asosiy vazifa deb biladi.

“Mahalla bankiri” instituti aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu tizim ayniqsa yoshlar, ayollar, nafaqadagi fuqarolar, ishsizlar va rasmiy moliyaviy tizimdan uzoq qatlamlar uchun insoniy yondashuv asosida ishlab chiqilgan.

Mahalla bankiri avvalo insoniy ehtiyojni eshitadi, keyingina unga mos moliyaviy mahsulot yoki xizmatni taklif qiladi. Kredit olish shartlari, omonat turlari, mobil ilova orqali xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari, shuningdek, faktoring, lizing kabi zamonaviy moliyaviy vositalar haqida soddaligi bilan tushuntirib bera oladi.

Uning asosiy vazifalarni quyidagicha:

  • Aholining bandligini ta’minlash;
  • Tadbirkorlik qilish imkoniyatlarini o‘rganish va yo‘lga qo‘yish;
  • Kichik biznes va mahalliy loyihalarni moliyalashtirishga ko‘maklashish;
  • Tomorqachilikdan unumli foydalanish bo‘yicha maslahat va dastaklar berish.

Mahallalarda yashovchi fuqarolar bilan yaqindan ishlashda “Yordamchi-agentlar” bilan hamkorlik qiladi. Aholining bank xizmatlariga qiziqishini oshirish, mavjud loyihalarni taklif etish, hokim yordamchisi bilan birga kredit ajratish masalalarini muvofiqlashtirish — bularning bari mahalla bankirining kundalik faoliyatiga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining moliyaviy inklyuziya va hududiy xizmatlarni kengaytirish bo‘yicha tavsiyalari asosida “Hamkorbank” ATB tomonidan “Mahalla bankiri” instituti muvaffaqiyatli joriy etildi. Bugungi kunda bank hududlar kesimida 58 nafar mahalla bankiri va 250 nafar agent orqali bu tashabbusni keng miqyosda tatbiq etmoqda. Ular nafaqat xizmatlar bilan, balki maslahat, ko‘mak va real imkoniyatlar bilan har bir fuqaroga yaqin bo‘lishni maqsad qilgan.

Zamonaviy bank tizimi — inson yuragiga yaqin xizmat tizimidir. “Mahalla bankiri” modeli orqali moliyaviy xizmatlar bevosita mahallalarga, ehtiyojli insonlarga yetib boradi. Eng muhimi, bu tizim orqali fuqarolar moliyaviy mustaqillikka qadam qo‘yadi, tadbirkorlik yo‘lida real ko‘mak oladi va o‘z imkoniyatlarini to‘liq ishga sola oladi.

Mahalla bankiri — bu bankdan ko‘ra yaqinroq, maslahatgo‘y, moliyaviy tilni insoniy tilda tushuntira oladigan yangi avlod mutaxassisi. U moliyaviy tengsizlikni kamaytirish, bank tizimiga ishonchni oshirish va xizmat madaniyatini insoniylashtirish yo‘lida eng samarali vositalardan biri bo‘lib bormoqda.


O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play