
Hamkorbank masofaviy bank xizmatlari (internet va mobil banking tizimlari) va 1C tizimi bilan integratsiyasi amalga oshirildi
01 / 08 / 2024Hurmatli mijozlar, biz 1C dasturi bilan integratsiyani amalga oshirganimizni sizga ma'lum qilishdan xursandmiz, ushbu integratsiya natijasida masofaviy bank xizmatlarimiz (internet va mobil banking tizimlarida) yanada yaxshiroq va samaraliroq bo‘ladi!
Endilikda masofaviy bank xizmatlarimiz quyidagi afzalliklarga ega:
- Mijozlarimizning hisobotlarini avtomatik tarzda olish imkoni;
- To‘g‘ridan-to‘g‘ri bankka to‘lov topshiriqnomalarini yuborish imkoniyati;
- Ish haqi reestrlarini 1C tizimidan bankka avtomatik jo‘natish imkoniyati.
Mijozlarimizga taqdim etiladigan integratsiya imkoniyatlari:
️Samaradorlik va aniqlik: Operatsiyalarni avtomatlashtirish va tezlashtirish biznes-jarayonlarning samaradorligini oshiradi va inson omilini kamaytirib, ma’lumotlarning aniqligini ta’minlaydi.
Vaqt va resurslarni tejash: Qo‘l mehnati bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish va vazifalarni bajarishga ketadigan vaqtni qisqartirish mijozlarimizga strategik jihatdan muhim vazifalarga ko‘proq e’tibor qaratish imkonini beradi.
Mijozlarimizga doimo qulay moliyaviy yechimlarni taklif qilishga va ular bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga intilamiz!





