Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
27 yil milliy valyuta — so‘m bilan birga!

27 yil milliy valyuta — so‘m bilan birga!

01.07.2021
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

1994 yil, 1 iyul. Mazkur sana Mustaqil O‘zbekiston tarixida pul-kredit siyosatini belgilab bergan kun sifatida ahamiyatlidir. Aynan 1 iyuldan e’tiboran muomalaga milliy valyuta — so‘m tatbiq etildi.

Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan muhim islohotlardan birining natijasi hisoblangan milliy valyuta hayotimizning ajralmas qismiga aylandi.

Bizning barcha moliyaviy hisob-kitoblarimiz so‘mda gavdalandi. Milliy valyutaga xalqimizning farovonligini belgilab beruvchi manba sifatida ham qaralmoqda.

Ona yurtimizning tarix sahifalaridan mustahkam joy olgan 1994 yilning 1 iyul sanasi O‘zbekiston o‘zining iqtisodiy mustaqilligini ham qo‘lga kiritgan kun sifatida qadrlidir.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026